Kontent qismiga oʻtish

Gonzalo Higuaín

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Gonsalo Iguain
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Gonzalo Gerardo Higuaín[1]
Tavallud sanasi 1987-yil 10-dekabr (1987-12-10) (38 yosh)[2]
Tavallud joyi Brest, Fransiya
Boʻyi 186[3][4]
Ampluasi Hujumchi
Laqabi Pipita
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Club Palermo
1997–2005 River Plate
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2005–2007 River Plate 35 (13)
2007–2013 Real Madrid 190 (107)
2013–2016 Napoli 104 (71)
2016–2020 Juventus 105 (48)
2018–2019   AC Milan 15 (6)
2019   Chelsea 14 (5)
2020–2022 Inter Miami 67 (29)
Total 530 (279)
Milliy terma jamoa
2008 Argentina U23 1 (2)
2009–2018 Argentina 75 (31)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Gonsalo Xerardo Higuaín (ispancha: Gonzalo Gerardo Higuaín; 1987-yil 10-dekabrda tugʻilgan) – argentinalik sobiq professional futbolchi, hujumchi ampulasida oʻynagan.

Gonsalo argentinalik professional futbolchi oilasida tugʻildi. Otasi Xorxe Iguain (1957-yil 8-iyunda tugʻilgan) oʻsha vaqtlarda Fransiyaning Brest jamoasida himoya chizigʻida toʻp surardi. Farzandi 10 oylik boʻlganida, ota-onasi Argentina qaytishdi. Shu asnoda Gonsalo Iguain fransuzcha bilmasa ham Fransiyaning pasportiga ega boʻlgan. 2006-yilda Iguainni Argentina ham Fransiya ham oʻz tarkibiga chaqirdi, lekin oʻylab koʻrishga vaqt olgan holda ikkalasiga ham rad javobini berdi. Keyinroq u Argentina terma jamoasi safiga qoʻshilishga qaror qildi[5]. Gonsaloning katta akasi Federiko Iguain (1984-yil 25-oktabrda tugʻilgan) ham professional futbolchi sifatida „River Pleyt“, „Independiente“, „Beshiktosh“ jamoalari hujum chizigʻida faoliyat olib borgan.

20042006 yillar mobaynida River Pleyt safida oʻynab yurdi. 2007-yildan eʼtiboran u Real Madrid jamoasi hujumchisi sifatida maydonga chiqa boshladi. 2008/09 mavsumda Ispaniya chempionati davomida u 22 ta toʻp kiritdi, 2009/10 mavsumda esa 27 ta (chempionat toʻpurarlari roʻyxatida Lionel Messidan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan) toʻp kiritgan.

JARda oʻtkazilgan 2010-yilgi Jahon chempionatida 22 yoshli Iguain musobaqaning birinchi xet-trigini Janubiy Koreya darvoza kiritdi (4:1). Gonsalo uchun bu milliy termadagi atigi 7-nchi oʻyini edi. Iguain argentinaliklar orasida Jahon chempionatidagi bitta oʻyinda 3 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan Gilermo Stabile (1930) va Gabriel Batistuta (1994 va 1998)lardan keyingi 3-nchi oʻyinchi boʻldi[5]. Iguainning xet-trigi chempionat tarixidagi 49-nchi va 2002-yildan beri esa 1-nchisi boʻldi. 1/8 finalda Meksika bilan boʻlgan bahsda Gonsalo yana bitta gol urishga muvaffaq boʻldi. 1/4 finalda esa argentinaliklar nemislar tarafidan 0:4 hisobidagi ogʻir magʻlubiyatdan soʻng, musobaqani tark etdilar.

2012-yil 31-martida Gonsalo „Real“ning 2011/12 Ispaniya chempionatidagi 100-nchi golini kiritishga muvaffaq boʻldi.

Jamoada yutuqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Gonzalo Higuaín „Real Madrid“

Shaxsiy yutuqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 2006-yildagi Argentina chempionatining eng yaxshi oʻyinchisi.

Jamoada statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yil 13 may holatiga.

Jamoa Mavsum Liga Kubok Yevrokuboklar Boshqa Jami
G A G A G A G A G A
River Pleyt 2004/05 600000000-600
2005/06 1255510420-2185
2006/07 171011000200100201011
Jami 351516510620100471816
Real Madrid 2006/07 1923200200-2323
2007/08 2583410500-3493
2008/09 3422921070011044249
2009/10 32275100721-40296
2010/11 17106210620-25136
2011/12 352275121231200542610
Jami 16291331642397231022010337
Faoliyatida jami 197106492152459241026712153

Milliy terma jamoada statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
MamlakatJamoaMavsumOʻyinGollarAssistent
Argentina Real Madrid 2009310
20101062
2011951
2012313
Jami25136
  1. „Acta del Partido celebrado el 01 de junio de 2013, en Madrid“ [Minutes of the Match held on 1 June 2013, in Madrid] (es). Royal Spanish Football Federation. 2019-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-iyun.
  2. „FIFA World Cup Russia 2018: List of Players: Argentina“. FIFA (2018-yil 15-iyul). 2019-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Gonzalo Higuaín“ (it). Eurosport. Qaraldi: 2019-yil 27-noyabr.
  4. „Gonzalo Higuain“ (it). Fox Sports. 2019-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-noyabr.
  5. 1 2 Iguain sdelal vibor. I ne progadal (Wayback Machine saytida 2010-06-21 sanasida arxivlangan) – "Sport-Ekspress", 18 iyun 2010