Buyuk Yekaterina (Fabergé tuxumi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Buyuk Yekaterina Fabergé tuxumi
Yetkazib berilgan yil 1914
Mijoz Nikolay II
Qabul qiluvchi Maria Feodorovna
Amaldagi egasi
Individual yoki muassasa Hillwood muzeyi
Sotib olish yili 1973
Dizayn va materiallari
Ish ustasi Henrik Wigström
Foydalanilgan materiallar Oltin,emal,olmos
Boʻyi 121 mm
Eni -
Oʻziga xos xususiyati Buyuk Yekaterina o'tirgan sedan stoli

Buyuk Yekaterina tuxumi Grisaille tuxumi va pushti kameo tuxumi sifatida ham tanilgan Imperial Fabergé tuxumlaridan biri hisoblanadi. Buyuk Yekaterina tuxumi rus imperator oilasi uchun Peter Carl Fabergé nazorati ostida tayyorlangan ellik ikkita marvaridli sirlangan Pasxa tuxumlaridan biridir.

Buyuk Yekaterina tuxumi qirolicha Maria Feodorovna uchun 1914-yilgi Pasxa sovgʻasi boʻlgan. Maria Feodorovnaning oʻgʻli podshoh Nikolay II tomonidan har yili ikkita Pasxa tuxumi, biri onasi va ikkinchisi xotini uchun doimiy buyurtma qilingan.

Buyuk Yekaterina tuxumini „Fabergé ustaxonasining soʻnggi bosh ustasi“ Henrik Wigström tayyorlagan. Buyuk Yekaterina tuxumi oyoqli stendda joylashtirilgan. Buyuk Yekaterina tuxumining yuza qismida fransuz rassomi Fransua Baucherga qalamiga mansub miniatyura sahnalari kameo uslubida boʻyalgan pushti emal panellarga joylashtirilgan.

Dowager imperatori oʻz singlisi, Buyuk Britaniya qirolichasi Alexandraga yozgan maktubida tuxumni tasvirlab bergan[1]:

U [Nikolay II] menga xat yozdi va menga eng chiroyli Pasxa tuxumini sovgʻa qildi. Tuxumni Fabergéning o‘zi olib keldi. Bu pushti emalli va boshiga kichkina toj kiygan imperator Yekaterinani sedan stulida ikki negr koʻtarib yurgan haqiqiy sanʼat asari edi. Siz mexanizmni harakatga keltirsangiz negrlar yurishadi: bu aqlbovar qilmaydigan goʻzal va ajoyib ish. Fabergé — zamonamizning eng buyuk dahosi. Men unga aytdim: Vous êtes un génie incomparable..

Buyuk Yekaterina tuxuminining oʻziga xosligi (ya'ni sovg'asi) "ikki negr koʻtarib yurgan, ichida Buyuk Yekaterina oʻtirgan mexanik sedan stuli " edi[2].

Buyuk Yekaterina tuxumini Vashingtondagi Hillwood muzeyidagi Marjorie Merriweather Post kolleksiyasining bir qismini tashkil qiladi[3].

Buyuk Yekaterina tuxuminining 1914-yildagi Pasxa kunidagi hamkasbi (Imperator Alexandra Fedorovnaga taqdim etilgan) Mozaika tuxumi boʻlib, u hozir Londondagi Qirollik kolleksiyasida saqlanadi .

Buyuk Yekaterina tuxuminining stendi 1940-yilda Marjorie Merriweather Post tomonidan 1898-yildagi Pelikan tuxumi uchun foydalanishga topshirilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Habsburg, Geza von. Fabergé: Fantasies & Treasures. London: Aurum Press, 1996. ISBN 978-1-85410-422-9. 
  2. „CATHERINE THE GREAT EASTER EGG | Hillwood Estate, Museum and Garden“. Hillwoodmuseum.org (2002-yil 19-avgust). Qaraldi: 2019-yil 22-noyabr.
  3. „CATHERINE THE GREAT EASTER EGG | Hillwood Estate, Museum and Garden“. Hillwoodmuseum.org (2002-yil 19-avgust). Qaraldi: 2019-yil 22-noyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]