Emal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Emal (frans. yetaP) — metall sirtiga elektrokimyoviy usulda beriladigan mustahkam shishasimon qoplama. E.larning asosiy komponentlari kremniy (1U)oksid §YU, bor (III)oksid V20,, ishqoriy va ishqoriyer metallarining oksidlari, baʼzi ftoridlar, alyuminiy (Sh)oksid A1,03, titan (1U)oksid TYU2, qoʻrgʻoshin hamda rux oksidlari va boshqalardan iborat.

E.tayyorlash uchun xom ashyo aralashmasi (dala shpati, kvars qumi, tanakor, borat kislota, soda, selitra, flyuorit, kriolit, boʻyagichlar va boshqalar) maxsus pechlarda 1150—1300" trada suyuklantirilgach, tegishli ishlovlar beriladi. E.shaffof yoki boʻgʻiq, turli rang boʻlishi mumkin. Sopol va shisha mahsulotlarga qoplanadigan boʻgʻiq sirlar ham goho E. deb ataladi. E. metallarni zanglashdan saqlaydi va tashqi koʻrinishini koʻrkamlashtiradi. E., asosan, qora metallar — choʻyan, poʻlatga, baʼzan mis va alyuminiy hamda turli qotishmalardan ishlangan mahsulotlarga qoplanadi.