Kontent qismiga oʻtish

Bobur (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bobur
Rejissyor(lar) Maqsud Yunusov
Ssenariynavis(lar) Maqsud Yunusov
Qaysi asarga
asoslangan
Yulduzli tunlar
Rollarda Muhammadali Abduqunduzov
Muhammad Rafiqov
Tolibjon Karimov
Tursunoy Mamedova
Saidkomil Umarov
Zuhra Ashurova
Tesha Moʻminov
Rixsivoy Avazov
Farziddin Fayozov
Fayzulla Ahmedov
Madina Muxtorova
Mahfuza Bobotillayeva
Oydin Norboyeva
Bastakor(lar) Oʻlmas Rasulov
Kinematografiya Oʻzbekiston jumhuriyati televideniye va radioeshittirish davlat qoʻmitasi
Muharrir(lar) Asqar Xoliqov
Chiqarilgan sanasi 1990-yil
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til Oʻzbekcha

Bobur — 1990-yilgi Pirimqul Qodirovning „Yulduzli tunlar“ romaniga asoslangan, rejissyor Maqsud Yunusov tomonidan suratga olingan oʻzbek tarixiy seriali.

Rejissyor Maqsud Yunusov Pirimqul Qodirovning „Yulduzli tunlar“ romaniga asoslanib, romandagi davriy ketma-ketlikning buzilishi, muhim faktologik voqealar tushib qolmasligi, dialog va monologlariga keskin oʻzgartirish kiritmagan holda inssenirovka qilib ssenariy yozadi. Maqsud Yunusov filmning epizodlaridan birini suratga olib, yozuvchi Pirimqul Qodirovga ko‘rsatadi. Pirimqul Qodirov esa rejissyorning mehnatini qadrlab, qimmatli maslahatlarini ayamasdan unga yordam beradi.

Maqsud Yunusov filmda suratga tushish uchun Oʻzbekistonning barcha shahar va viloyatlaridan aktyorlar qidirgan. U nafaqat bosh rollarni, balki filmdagi har bir rolga teatr aktyorlarini taklif qilib, suratga olish ishlarini boshlagan. Serialni suratga olish ishlari 1984-yilda boshlangan boʻlib, lekin jaroyon baʼzi sabablarga koʻra bir muddat toʻxtab qoladi. 1990-yilda hali Oʻzbekiston mustaqillikka erishmagan chogʻida serial namoyish etiladi. Serial 10 qismdan iborat boʻlib, har bir qismi tahminan 1 soat-u 20 daqiqa atrofida davom etadi[1].

Bundan tashqari filmdagi ommaviy sahnalarda Samarqand viloyat teatrlari, Toshkent davlat sanʼat oliygohi talabalari va Tayyorsozlar madaniyat saroyining drama toʻgaragi aʼzolari ishtirok etishgan.

Film musiqasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmda qoʻshiqlarni Rifatilla Qosimov va Maʼmurjon Toʻxtasinovlar ijro etishgan[2] hamda bastakor Oʻlmas Rasulov musiqalaridan foydalanilgan. Maʼmurjon Toʻxtasinovning Bobur gʻazaliga bastalangan „Yaxshilik“ qoʻshigʻi va boshqa qoʻshilar filmning avvalida kadr ortida qoʻyilgan. Raqslarni Yulduz Ismatova sahnalashtirgan boʻlib, S.Seitova, Z.Safarova kabi raqqosalar ijro etishgan.

  1. Shohida Eshonboboyeva. „Mustabid tuzum davrida suratga olingan “Bobur” seriali saboqlari“. Oyina.uz (19-fevral 2024-yil). Qaraldi: 8-iyun 2024-yil.
  2. Ma'murjon To'xtasinov Official (2021-04-25), БОБУР ВИДЕО ФИЛМНИНГ СИРЛАРИ МАЪМУРЖОН ТЎХТАСИНОВ & MA'MURJON TO'XTASINOV, qaraldi: 2024-07-08