Muhammad Rafiqov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Rafiqov Muhammad Muhiddinovich (1940.26.10, Buxoro) — aktyor, rej. Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (2003). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1966). 1966—67 yillar Hamza teatrida, 1967—83 yillar Buxoro teatrida aktyor (1981—83 yillar direktor), 1983 yildan Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining bosh rej.i.Hamlet (U. Shekspir, "Hamlet"), Temirxon ("Nerkes"), Xlestakov ("Revizor"), Yoʻldosh ("Qopqon"), Ibn Sino ("Ibn Sino"), Shoh Bahrom ("Dilorom"), Nodir ("Oltin devor"), Karimov ("Komissiya") kabi rollari bilan tanilgan. U bir qancha filmlar (Hojir, "Rustam va Suqrob"; Vali, "Siyovush haqida qissa"; Akrom, "Laylak keldi, yoz boʻldi"; Usmonbek qoʻrboshi, "Afsonaga aylangan qiz" va boshqalar) va telefilmlar Shayboniyxon, "Bobur"; Akbarali mingboshi, "Kecha va kunduz"; Imom Buxoriy, "Imom alBuxoriy"; Amir Temur, "Sohibqiron"; Abdurahmon tabib, "Shaytanat"; Ibn Sino, "Hakim va ajal")da ham esda qolarli obrazlar yaratgan. R. inson ichki dunyosini, kechinmalarini hayotiy talqin etishi bilan ajralib turadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil