Xonzoda begim (Temuriy)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Xonzoda begim (1478, Andijon1544, Kobulhaq) — Fargʻona viloyati hokimi temuriy Umarshayx Mirzoning qizi. Zahiriddin Muhammad Boburning opasi. Onasi Qutlugʻ Nigor xonim Toshkent hukmdori, chingiziy Yunusxonning Eson Davlatbegimdan tugʻilgan ikkinchi qizi edi. 1501 yilda katta qoʻshin bilan Samarqandni 5 oy mobaynida muhosara qilgan Shayboniyxon sulh evaziga Xonzoda begim (temuriy)ni oʻziga xotinlikka soʻraydi. Xonzoda begim (temuriy) Shayboniyxon nikohiga kiradi va undan Xurramshoh nomli oʻgil koʻradi. Otasi Balx viloyatini keyinchalik unga beradi. 1510 y. Marvda Shayboniyxon halok boʻlgandan keyin Xonzoda begim (temuriy) Qunduzda turgan ukasi Bobur huzuriga 10 yillik ayrilikdan soʻng qaytib keladi. 1512 yil Xurramshoh dunyodan oʻtadi. Xonzoda begim (temuriy) oʻzining aql idroki va tadbirkorligi tufayli saroy ahli orasida yuksak hurmat va eʼzozga sazovor bo‘ladi. Xonzoda begim (temuriy) Kobulhaq mavzeida vafot etadi. Uch oydan keyin uning xoki Kobulga keltirib, Bobur maqbarasiga dafn kilinadi.

Ad. Zahiriddin Muhammad Bobur, Boburnoma, T., 1960; Fayziyev T., Temuriylar shajarasi, T., 1995.