Umarshayx Mirzo (temuriy)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Umarshayx Mirzo (temuriy)
Tavalludi 1456
Vafoti 10-iyun 1494
Otasi Abu Said
nothumb
Movarounnahr
1370 - 1405 Amir Temur
1405 - 1447 Shohruh Mirzo
1447 - 1449 Mirzo Ulug'bek
1449 - 1450 Mirzo Abdullatif
1451 - 1469 Abu Said
1469 - 1494 Sulton Ahmad
1494 - 1495 Sulton Mahmud
1495 - 1497 Boysungʻur Mirzo
1498 - 1500 Sulton Ali Mirzo
1500 - 1512 Zahiriddin Muhammad Bobur

Umarshayx Mirzo (1456, Samarqand — 1494, Axsi) — temuriy shahzoda. Abu Sayid Mirzoning toʻrtinchi oʻgʻli. Zahiriddin Muhammad Boburning otasi. Abu Sayid Mirzo Kobul viloyatini Umarshayxga bergan. Biroq Umarshayx Mirzo hali yosh boʻlganligi bois unga Boboyi Kobuliyni bek atka qilib tayinlaydi. Ammo tez orada mirzolarning xatna toʻyini oʻtkazish munosabati bilan otasi Umarshayxni Samarqandga qaytaradi. Toʻydan keyin Abu Sayid Mirzo Umarshayxga Andijon viloyatini boshqarishni topshirgan. Bu gal shahzodaga Xudoyberdi tukchi Temurtoshni bek atka qilib tayinlaydi. Keyinchalik akasi Sulton Ahmad mirzo Umarshayxga Toshkent bilan Sayramni beradi. Shohruxiyani esa, oʻzi firib bilan qoʻlga kiritadi. Maʼlum vaqtdan keyin Toshkent va Shohruxiya Umarshayx Mirzoning tasarrufidan chiqadi, uning qoʻl ostida Fargʻona, Xoʻjand va Oʻratepa qoladi. Umarshayx Mirzoning oʻz saltanati hududlarini kengaytirish maqsadida qilgan harakatlaridan tahlikaga tushgan akasi Sulton Ahmad Mirzo Toshkent hukmdori Sulton Mahmudxon (Xonika) ibn Yunusxon oʻzaro ittifoq tuzib 1494-yilda Andijonga qoʻshin tortadilar. Biroq shu yilning 9 iyunida Umarshayx Mirzo Axsi shahridagi qarorgohida kaptar uchirish vaqtida kaptarxona bilan birga jarga qulab xalok boʻladi. "Boburnoma"da qayd etilishicha, Umarshayx Mirzo past boʻylik, paxmoq soqolli, yumaloq yuzli, toʻla, loʻppi kishi boʻlgan. Kiyimni tor tiktirib kiyar, sallani chirmab oʻrar edi; xanafiy mazhablik, sof eʼtiqodlik kishi edi, besh vaqt namozni vaqtida ado etardi. Xoja Ahror Valiyni oʻziga pir sanar, uning koʻpdan-koʻp suhbatlarida qatnashgan. Umarshayx Mirzo xushxulq, sahovatli va mard inson boʻlgan.