Madina Muxtorova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madina Muxtorova
Tavalludi 1964-yil 26-yanvar
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi teatr va kino aktrisasi
Faoliyat yillari 1990—hozirgacha
Millati oʻzbek
Bolalari Sanjar, Mirfaiz
Mukofotlari

Madina Muxtorova Saidazimovna (ayrim manbalarda Madina Muxtarova deb yozilgan) (1964-yil 26-yanvar Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Madina Muxtorova maktabda turli musiqa tanlovlari, radiodasturlarda faol qatnashib yurgan, soʻngra ustozi tavsiyasiga koʻra Toshkent teatr va sanʼat universitetiga kirish imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtib, toʻgʻridan-toʻgʻri universitetning ikkinchi kursiga oʻqishga kirdi.1984-yil „Drama va kino“ boʻlimini tamomladi.[1]

Ijodiy faoliyatini 1990-yilda Yoshlar teatrida boshlagan aktrisa bir yil shu yerda ishlab, soʻng O‘zbek milliy akademik drama teatrida faoliyatini davom ettirdi. Hozirgacha shu teatrda ishlaydi.

Aktrisa Madaniyat universitetida oʻqigan paytida Said Muxtor bilan tanishgan[2].

Muxtorovaning sobiq turmush oʻrtogʻi va farzandinig otasi — aktyor, rejissyor Said Muxtor[3].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Madina Muxtorova aktrisa sifatida koʻplab spektakl va oʻndan ortiq filmlarda ishtirok etgan, ellikka yaqin film va multfilmlarni dublyaj qilishda ham ishtirok etgan. Aktrisa filmlarda koʻp rol oʻynamagan boʻlsada, tomoshabinlarga „Togʻli kuyov“ filmidan yaxshi tanish.

Koʻp yillik mehnatlari uchun 2003-yilda aktrisa „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Turkiya, Egipet-davlatlarida.Moskva, Semfiropol, Olma-ota shaharlarida:"Chimildiq", „Shum bola“ va „Qirmizi olma“ spektaklidagi rollari bilan muvafaqqiyatli qatnashgan. „Mehrobdan chayon“ da Raʼno roli bilan Jahon teatr Festivallarida ishtirok etgan. „Ofarin“ mukofoti sovrindori. 1992-yil „Afandinig besh xotini“ dagi Toʻtihon roli uchun „Yilning eng yaxshi ayol roli“, „Shum bola“da Shum bola roli uchun „Yilning eng yaxshi aktrisasi“ kabi mukofotlarga sazovor boʻldi[4].

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Film Rol
1992 Ostansya
1998 Shaytanat Mardona
1999 Togʻlik kuyov Kelin
2011 Devona farishta Odinaning onasi
2011 Osiy banda
2015 Men yolgʻonchiman Hayot
2017 Kulba

Teatrdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Spektakl Rol
Gamlet Ofeliya
Qirol Lir Kordelya
Toʻmaris Zinaida
Alla Nina
Bobur Ona
Amir Temur Kanizak
Alisher Navoiy Guli
1992 Afandining besh hotini Toʻtihon
Mehrobdan chayon Raʼno
Chimildiq Kelin
Shum bola Shum bola
Zolushka Zolushka
Sab'ai sayyor Dilorom
Kelinlar qoʻzgʻoloni Nigora
Qirmizi olma Qirmiz qiz
Omon boʻlgin azizim Ayol
Yaralangan oqqush nolasi Qiz

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]