Fayzulla Ahmedov
Fayzulla Ahmedov (1936.28.8, Toshkent) — Oʻzbekiston Respublikasining xalq artisti (1999). Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1963). 1958-yildan Muqimiy teatrining aktori. Eng yaxshi rollari:
- Sulton („Jon qizlar“)
- Samandarov („Ujarlar“)
- Gersog Arsenio („Un ikkinchi kecha“)
- Jaynob Botir („Ravshan va Zulxumor“)
- Toshbolta („Toshbolta oshiq tadbirkor“)
- Haqquli („Nodirabegim“), Boltaboy („Quyovlar konkursi“)
- Otajon moryak („Super qaynona“) va boshqa Video-filmlarda ham Bobo („Navoiy“), Darvesh Gov („Bobur“), Orif ota („Koʻngil koʻchalari“) kabi obrazlar yaratdi. „Akbarning sarguzashti“ (Jabbor), „Yolgiz yodgorim“ (Rahmonberdi) singari filmlarda suratga tushgan. Mingdan ortiq film dublyajida qatnashgan.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |