Xadicha begim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xadicha begim Sulton Husayn Mirzo Boyqaroning suyukli xotini hisoblanadi.

Xadicha begim 1451 yilda Hirotda tug‘ilib, 1457 yilda Sulton Abusayid Mirzo Hirotni oʻlgach, unga hadya etilgan xos kanizaklardan biri edi. Sulton Abusayid Mirzo Xadicha begimni 1465 yilda o‘z nikohiga kiritadi. Sulton Abusayid Mirzodan Oqbegim ismli bir qiz ham bo‘lgan. 1469 yilda Sulton Abusayid Mirzo Iroqda halokatga uchragach, Hirot taxtiga o‘tirgan Sulton Husayn Mirzo Boyqaro marhum Sulton Abusayid Mirzo haramida Xadicha begimni ko‘rib, uni sevib qoladi va shar’iy iddasi (uch oy) tugagach, o‘z nikohiga kiritgan.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xadicha begʻam yosh, go‘zal, dimog‘dor, yengil tabiat ayol bo‘lib, ayni vaqtda tabiatan ichi qoralik va makr-hiylaga moyil bolgan. Zahiridin Muhammad Bobur Mirzo (1483—1530) Xadicha begim haqida: „O‘zini oqila tutar edi, vale beaql va purgo‘y (ko‘p gapiruvchi, ezma) xotin edi, rofiziya (shiiylik mazhabining bir oqimi) ham ekandur“,— deb yozadi. Darhaqiqat, Xadicha begim tez fursatda o‘zining jozibali husn-latofati-yu makkorona iltifotlari bilan Sulton Husayn Boyqaroni o‘ziga rom qilib, haramda ulug‘ bekalik o‘rnini egallagan.

Sulton Husayn Boyqaroning xotinlari va xos kanizaklaridan 14 o‘g‘il va 11 qizi bor edi. [Shohg‘arib Mirzo] (1471 — 1489), Muzaffar Husayn Mirzolar (1473— 1509) Xadicha begimdan tug‘ilgan edilar. Xadicha begim kichik oʻgʻlini valiahd qilib tayinlashga erishish uchun bor kuchini ishga solgan. Biroq, odatga koʻra, valiahdlik Badiuzzamonta tegishli boʻlgan. Ayni vaqtda Alisher Navoiy boshliq arkoni davlat valiaxdlikka Badiuzzamonning 11 yoshli oʻgʻli Moʻmin Mirzoni munosib hisoblagan. 1497-yilda otasi tomondan Muzaffar Husayn Mirzoning Astrobod hokimi etib tayinlanishi Husayn Boyqaro va Badiuzzamon oʻrtasida ixtilof kelib chiqgan. Muzaffar Husayn Mirzo qoʻshini Astrobodni zabt etgan va Moʻmin Mirzoni asir olib, Hirotdagi Ixtiyoruddin qalʼasiga qamaydi. Xadicha begim vazir Nizomulmulk ishtirokida Muhammad Moʻmin Mirzoni zudlik bilan qatl qilish haqidagi farmonga muhr bostirib olib, hukm oʻsha tundayoq ijro etiladi.

1506 yil aprelda Sulton Husayn Boyqaro vafot etadi. Xadicha begimning saltanat ishlariga aralashuvi tufayli taxtga 2 shahzoda — Badiuzzamon Mirzo va Muzaffar Husayn Mirzo oʻtirgan. Shayboniyxon Hirotni egallagach (1507), Xadicha begimni amiri Shoh Mansur baxshi ixtiyoriga topshiriladi.

Farzandlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]