Maqsud Yunusov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Maqsud Yunusov (1932.9.9, Toshkent viloyati Qorasuv qishlogʻi - 2020.19.03. Toshkent) — rejissyor Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1982), Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1955).

1956 yildan Oʻzbekiston televideniyesida. "Iltimos", "Yubiley", "Qishloq luqmonlari", "Zoʻraki tabib" kabi asarlar asosida yaratilgan televizion teatrlar uning dastlabki ijod namunalaridir. Y.Mning 60—70 yillardagi faoliyati zamondosh yozuvchilarning asarlariga qaratildi: "Vafodor", (V.Gʻofurov, 4 qismli), "Xorazm" (J.Sharipov, 2 qismli), "Sabr kosasi" (A.Udalov, 2 qismli), "Ota" (H.Noʻʼmon, A.Shorahmedov, 6 qismli), "Oq kema" (Ch.Aytmatov), "Oq qayin" (A.Bubenov, 2 qismli) kabilar. Yu. Oʻzbekiston televideniyesida videofilm janrining asoschilaridan biri. "Ulugʻbek xazinasi" (5 qismli), "Diyonat" (O.Yoqubov, 5 qismli), "Girdob" (Oʻ.Usmonov, 5 qismli), "Navoiy" (Oybek, 9 qismli), "Bobur" (P.Qodirovning "Yulduzli tunlar" asari asosida, 10 qismli), "Ichkuyov" (T.Poʻlat, 4 qismli), "Layli va Majnun" (A.Navoiy, 3 qismli), "Kecha va kunduz" (Choʻlpon, 5 qismli), "Imom alBuxoriy" (Xoja Sadriddin Salim Buxoriy), "Muhabbat qasri" (N.Abdullayev, 4 qismli) "Ibn Sino haqida rivoyatlar" (10 qismli), "Sportchi chollar" (2 qismli) va boshqalar Yu. teatr sahnasida ham spektakllar sahnalashtirgan: "Muhabbat qasri" (Qoʻqon teatri), "Oltin devor" (Pokiston teatrida) va boshqalar Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1987). "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (2002).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]