Tohir Saidov
Tohir Saidov (1965-yil 28-sentyabr, Xorazm viloyati) — oʻzbek teatr va kino aktyori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti [1].
Bolaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tohir Saidov yoshligidan aktyor boʻlishni orzu qilgan, shu sabab oʻrta maktabni tamomlab poytaxtga kelgan hamda Toshkent teatr va rassomchilik sanʼati oliygohiga oʻqishga kirgan[1].
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aktyor oʻz faoliyatini 1991-yilda Oʻzbek milliy akademik drama teatrida boshlaydi va oltmishdan oshiq spektakllarda turli obrazlarni ijro etadi. Tohir Saidovni xalqqa tanitgan roli bu „Koʻngil koʻchalari“ serialidagi „gadoy“ obrazi boʻlgan. Ushbu serialdan tashqari aktyor yana "Shaytanat" va „Sardor“ kabi serialida, shuningdek „Soʻgʻdiyona“, „Chavandoz“ hamda „18 Kvadrat“, „Suv yoqalab“ kabi 20 dan oshiq filmlarda ham rol ijro etgan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tohir Saidov oʻzining sanʼat sohasidagi uzoq yillik faoliyati orqali 2005-yilda “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“ unvoni bilan mukofotlangan. 2025-yil 23-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farmoni bilan “Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoniga sazovor boʻlgan[2].
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Nomi | Obraz | Yil | Izoh |
|---|---|---|---|
| Suv yoqalab | 2009 | ||
| Jiyda guli | Muxtor — Madinaning otasi | 2010 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://www.savol-javob.com/tohir-saidov-biografiyasi/
- ↑ „O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida“ (2025-yil 23-avgust). Qaraldi: 2025-yil 23-avgust.