Yulduzli tunlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yulduzli tunlar
Muallif Pirimqul Qodirov
Janr roman
Til oʻzbekcha

„Yulduzli tunlar“oʻzbek yozuvchisi Pirimqul Qodirov qalamiga mansub tarixiy roman. Asarda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti haqida soʻz yuritiladi. Qodirov mazkur roman ustida oʻn yil (1969-1978) davomida ish olib borgan[1]. „Yulduzli tunlar“ga „Boburnoma“ hamda „Humoyunnoma“ asarlari asos boʻlgan.

„Yulduzli tunlar“ zamonaviy oʻzbek adabiyotining eng sara asarlaridan biri hisoblanadi[2]. Qodirov 80-yillarda „Yulduzli tunlar“ romanining mantiqiy davomi sanalmish Boburning farzandi Humoyun va nabirasi Akbar Jaloliddin Muhammad hayoti haqida hikoya qiluvchi „Avlodlar dovoni“ („Akbar“) romanini yozgan.

„Yulduzli tunlar“ dunyoning bir necha tillariga, jumladan, rus,[3][4] qoraqalpoq,[5] qirgʻiz,[6] qozoq,[7] urdu,[8] turkman,[9] hind[10] hamda bengal[11][12] tillariga tarjima qilingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Pirimqul Qodirov (1928): „Yulduzli tunlar“ romani haqida“. Ziyouz. Qaraldi: 13-iyul 2016-yil.
  2. „Bi-Bi-Sining „Radiokitob“ida „Yulduzli tunlar“ni tinglang!“. BBC oʻzbek xizmati (3-oktabr 2009-yil). Qaraldi: 13-iyul 2016-yil.
  3. „Yulduzli tunlar“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 31-oktabr 2016-yil.
  4. „Yulduzli tunlar“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 31-oktabr 2016-yil.
  5. „Yulduzli tunlar“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 31-oktabr 2016-yil.
  6. „Yulduzli tunlar“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 31-oktabr 2016-yil.
  7. „Yulduzli tunlar“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 31-oktabr 2016-yil.
  8. „Yulduzli tunlar“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 31-oktabr 2016-yil.
  9. „Yulduzli tunlar“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 31-oktabr 2016-yil.
  10. „Yulduzli tunlar“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 31-oktabr 2016-yil.
  11. „Yulduzli tunlar“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 31-oktabr 2016-yil.
  12. „Yulduzli tunlar“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 31-oktabr 2016-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • [httkahshjsnshsjnehdjdhnrjehhdjdbdbbdjsbdbndhdbdbdjnebdhdidjebhdhdbhdhdbhdbdhdhhdhdhdhdhhdhdhdhddhdhjdlajp://n.ziyouz.com/books/uzbek_nasri/Pirimqul%20Qodirov.%20Yulduzli%20tunlar%20(roman).pdf „Yulduzli tunlar“ Ziyouz saytida]