Yurt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yurt — oʻrta asr Sharq manbalarida mulk, turar joy, mamlakat, vatan, yer maʼnosida qoʻllaniladigan atama. 14-asrning 2-yarmigacha "YU." atamasi, odatda, turkiy qabilalar koʻchib yuradigan hudud maʼnosida qoʻllanilgan. 14-asr oxiri — 15-asr boshlarida Yu. deb xon qarorgohidagi zodagonning joyi yoki zodagon yoxud xonning qarorgohi joylashgan yerga aytilgan. Tarixchilar Rashiduddin va Vassofning asarlarida Yu. nafaqat ulus hududini balki qoʻshinning umumiy safida askarlar oʻrni, qarorgoh (oʻrdu) joylashgan yer, qarorgohdagi chodir oʻrnatilgan joyni ham anglatgan. Soʻnggi davr manbalarida "YU." atamasining uy, turar joy, manzilni anglatuvchi ahamiyati kuchaygan. Rus manbalarida Yu.Moʻgʻullar davlati va Oltin Oʻrda parchalangandan soʻng vujudga kelgan davlatlar hududini bildirgan (Sibir Yu.i, Qrim Yu.i va boshqalar).