Bolalar kutubxonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bolalar kutubxonasi — maktab yoshidagi bolalar va usmirlarga xizmat koʻrsatadigan muassasa. Oʻzbekistonda bunday kutubxonalar ommaviy ravishda 30- yillarda vujudga kela boshlagan. Yosh avlodni davr talabi darajasida tarbiyalashda Bolalar kutubxonasi muhim ahamiyatga ega. Bolalar kutubxonasi ning kitob jamgarmasi tarbiya vazifalari va kitobxonlarning yosh xususiyatlariga muvofiq tashkil etiladi. Kitob oʻqish yuzasidan bolalarga yakka tartibda yoʻlyoʻriq koʻrsatiladi, turli ommaviy tadbirlar oʻtkaziladi. 1965 yil da tashkil qilingan Respublika bolalar kutubxonasi respublika viloyatlari bolalar kutubxonalariga, bolalar bilan ishlaydigan muassasalarning kutubxonalariga uslubiy rahbarlik vazifasini bajara boshladi (kutubxona jamgarmasi 300 mingdan ortiq, 1998). Yoshlarni bilimli, maʼnaviy barkamol qilib tarbiyalash, ularda oʻqish madaniyatini shakllantirishda Bolalar kutubxonasi larining olib borayetgan ommaviy ishlari qoʻl kelmoqda (mashhur kishilar bilan uchrashuvlar, "Kitobxonlar konferensiyalari", "Ovozli oʻqishlar", "Adabiy ertaliklar", "Kitoblar haftaligi" va h. k.).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil