Badariy madaniyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Badariy madaniyatiAfrika qitasida dehqonchilik bilan shugʻullangan qabilalarning eng qadimgi madaniyati. Dastlab arxeologik yodgorliklar Badariy qishlogʻida (Misr) oʻrganilganligi uchun shu nomni olgan. Badariy madaniyati Nil vodiysida keng tarqalgan. Ayrim qabilalar bilan aloqalar qayiqlar yordamida amalga oshirilgan.

Badariy madaniyati yodgorliklari mil. av. 6ming yillikning oxiri va 5ming yillikda Nil vodiysida yashagan dehqonlarning iqtisodiy va madaniy hayotiga oid boy arxeologik materiallar berdi. Mozor, manzilgohlar, neolit davri boltalari, naqshli kamalak oʻqlar, choʻkich, chaqmoqtoshdan ishlangan pichoq, yigʻma oʻroq, yogʻoch bumerang, suyak qarmoqlar, ayollarning loy va fil suyagidan ishlangan haykalchalari, fil suyagidan ishlangan qoshiq va taroqlar, fil suyagi, tosh va loydan ishlangan turli idish-tovoqlar topildi. Baʼzi idishlarda arpa va bugʻdoy qipiqlari hozirgacha saqlangan. Sopol idishlarning sirtiga qora rang bilan oddiy geometrik naqshlar solingan. Badariy madaniyati mozorlarini qazish vaqtida olib borilgan kuzatishlarga asosan qadimgi Misrda neolit davridan boshlab oʻliklarni qabrga gʻujanak qilib, kiyimda, oʻng yoki chap bikini bilan koʻmish odati borligi aniqlandi. Badariy mozorlaridan topilgan yolgʻiz mis bigizni hisobga olmaganda, barcha mehnat qurollari, buyumlar, bezaklar – tosh, fil suyagi, yogʻoch va loydan ishlangan. Qadimgi badariylarning boshi choʻzinchoq, negr tipida boʻlgan. Ular asosan dehqonchilik, ovchilik bilan shugʻullangan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Vsemirnaya istoriya, t. I, gl.Z, M., 1955; Ch a y l d G., Drevneyshiy Vostok v svete novix raskopok, per. s angl., M., 1956.