Qayiq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Maldiv qayigʻi - dona.
Qirgʻoqqa yaqin suzuvchi yogʻoch qayiq.

Qayiq — daryo, koʻl va boshqalar suv havzalari uchun moʻljallangan suzish vositasi. Qlar dastlab, asosan, eshkaklar bilan harakatlantirilgan, keyinchalik yelkanli va motorli Q.lar paydo boʻlgan. Q. ilgari, asosan, yoʻgʻon daraxt tanasini oʻyib yasalgan, qayin poʻstlogʻidan yoki yogʻoch sinch (karkas)larga hayvon terisini tortib qurilgan. Hozir Q. yasashda yogʻoch, plastmassa va yengil metall ishlatiladi. Q. odamlar foydalangan dastlabki suv transporti hisoblanadi. qadimiy Misr, Oʻrta Osiyo (shu jumladan, Oʻzbekiston hududi), Xitoy, Koreya, Yaponiya, Hindiston va boshqalar mamlakatlarda keng rasm boʻlgan. Q.dan suv transportida, baliq ovlashda, harbiy ishda, sport maqsadlarida, istirohat bogʻlarida suvda sayr qilish va boshqalar maqsadlarda foydalaniladi. Kichikroq suv osti kemasi suv osti Q.i deb ataladi. Q.ning shakli va oʻlchamlari, nechta (bir, ikki va koʻp) eshkakli ekanligi uning nima maqsadga moʻljallanganligiga bogʻliq. Oʻzbekistonda Q., asosan, baliq ovlashda, sport maqsadlarida, istirohat bogʻlaridagi koʻllarda sayr qilishda ishlatiladi (qarang Kema).


Qayiq suv ustida qolish va harakatlanish maqsadida yasalgan kichik transport vositasidir. Qayiqlar yogʻoch, metall yoki poliesterdan tayyorlanadi.

Turlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Sayr qayigʻi (turistik maqsadlarda ishlatiladi)
  • Poyga qayigʻi (suv poygalari uchun)
  • Yoʻlovchi qayigʻi (koʻpriksiz joylarda bir qirgʻoqdan boshqasiga oʻtish uchun)