Axsikat
![]() | Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan, yoki umuman koʻrsatilmagan. Iltimos, qoida va koʻrsatmalarga muvofiq maqolani vikilashtiring. |
Axsikat, Axsikent — qadimgi shahar harobasi. Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi Shahand qishlogʻi hududida, Sirda-ryoning oʻng sohilida joylashgan. Tari-xiy maʼlumotlarga qaraganda, A. shahri miloddan avvalgi 3 — 2-asrlarda vujudga kelgan, 9 — 10-asrlarda Fargʻona vodiysining poytaxti boʻlgan. 1621 yil gi zilzilada butunlay vayron boʻlgan. A.ni arxeologik jihatdan oʻrganish ishlari 19-asr oxirlari −20-asr boshlaridan boshlangan. 1885-yil N. I. Veselovskip, 1914-yil I. A. Kastane qazish va qidiruv ishlari olib borgan. Shoʻrolar davrida M. Ye. Massoy (1939) va A. N. Bernshtam (1948)lar tekshirganlar. Arxeologik tadqiqotlar natijasida A. ark, shahriston va raboddan iborat boʻlganligi, shaharning uch qismi ham alohida devorlar bilan oʻralganligi, arkda hokim saroyi, zindon, shahristonda ichki bozor, jome masjidi, pishiq gʻishtdan ishlangan hovuz va ariqlar, rabodda hunarmandlar mahallalari va tashqi bo-zor mavjud boʻlganligi aniqlangan. A. Namangan oʻlkashunoslik muzeyi xodimlari tomonidan ham oʻrganilgan (1957 — 59). 1960-yil Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti uyushtirgan maxsus ekspeditsiya A. rabodidan 11-asr ga oid koʻhna hammom oʻrnini ochgan. U yerdan sopol idish, quvur, chaqa tanga va shisha buyumlar topilgan. Bundan tashqari, A. harobalaridan gʻarbrokda oʻrta asrlarga oid yana bir shahar harobalari borligi aniqlangan. Akademik Ya. F. Gʻulomov va arxeolog I. Ahrorov mazkur tadqiqotlar asosida bu yerda turli davrlarga oid ik-820kita shahar boʻlganligini, ulardan biri qadimgi A. va ikkinchisi Bobur tugʻilgan Axsi ekanligini birinchi boʻlib isbot-ladilar. 1967-yil rassom I. A. Smirnov A. harobalaridan yigʻib jamlagan sopol idish, jez buyum va zeb-ziynatlar majmu-asini Moskvadagi Sharq xalqlari davlat muzeyiga taqdim etgan. A. yodgorligi oʻzbek xalqi madaniyati tarixida muhim oʻrin tutganligi uchun 1950-yildan davlat muhofazasiga olingan.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |