José Mourinho
|
Mourinho Fenerbahçe murabbiyi sifatida (2025-yil) | ||||||||||||||||
| Shaxsiy maʼlumot | ||||||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | José Mário dos Santos Mourinho Félix[1] | |||||||||||||||
| Tavallud sanasi | 1963-yil 26-yanvar[1] | |||||||||||||||
| Tavallud joyi | Setúbal, Portugaliya | |||||||||||||||
| Boʻyi | 1.74 m (5 ft 8 1⁄2 in)[2] | |||||||||||||||
| Ampluasi | Yarim himoyachi | |||||||||||||||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | ||||||||||||||||
| Belenenses | ||||||||||||||||
| Professional faoliyati* | ||||||||||||||||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) | |||||||||||||
| 1980—1982 | Rio Ave | 0 | (0) | |||||||||||||
| 1982—1983 | Belenenses | 0 | (0) | |||||||||||||
| 1983—1985 | Sesimbra | 35 | (1) | |||||||||||||
| 1985—1987 | Comércio e Indústria | 27 | (8) | |||||||||||||
| Total | 62 | (9) | ||||||||||||||
| Boshqargan klublari | ||||||||||||||||
| 2000 | Benfica | |||||||||||||||
| 2001—2002 | União de Leiria | |||||||||||||||
| 2002—2004 | Porto | |||||||||||||||
| 2004—2007 | Chelsea | |||||||||||||||
| 2008—2010 | Inter Milan | |||||||||||||||
| 2010—2013 | Real Madrid | |||||||||||||||
| 2013—2015 | Chelsea | |||||||||||||||
| 2016—2018 | Manchester United | |||||||||||||||
| 2019—2021 | Tottenham Hotspur | |||||||||||||||
| 2021—2024 | Roma | |||||||||||||||
| 2024—2025 | Fenerbahçe | |||||||||||||||
| ||||||||||||||||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | ||||||||||||||||
José Mário dos Santos Mourinho Félix (1963-yil 26-yanvarda tugʻilgan) – Portugaliyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. José jahondagi eng koʻp mukofotlarga sazovor boʻlgan murabbiylardan biri hisoblanib, barcha davrlarning eng buyuk murabbiylari qatoriga kiradi[3]. Mourinho toʻrtta mamlakatda liga chempionligini qoʻlga kiritgan, ikkita klub bilan Yevropa Kubogini yutgan oltita murabbiydan biri va UEFAning hozirgi uchta klublar musobaqasining barchasida gʻalaba qozongan yagona murabbiydir.
Oʻyinchilik davrida Portugaliya ligalarida yarim himoyachi sifatidagi faoliyatidan soʻng, Mourinho 24 yoshida futbolchilikni tugatib, murabbiylik va tarjimonlik faoliyatini boshlagan[4]. U dastlab „Sporting CP“ va „Porto“ jamoalarida angliyalik murabbiy Bobby Robson uchun tarjimon vazifasini bajargan, keyinchalik „Barcelona“ klubida Robson va uning oʻrinbosari Lui van Gal qoʻl ostida yordamchi murabbiy sifatida muvaffaqiyatga erishgan. „Benfica“ va „União de Leiria“ klublaridagi qisqa muddatli murabbiylik faoliyatidan soʻng, Mourinho 2002-yilda „Porto“ klubi bosh murabbiy sifatida qaytgan. Porto klubidagi ikki yillik faoliyati davomida ikki marta Primeira Liga, Portugaliya kubogi, UEFA kubogi va UEFA Chempionlar ligasida gʻalaba qozongan. Bu yutuqlar tufayli 2004-yilda Angliyaning „Chelsea“ klubiga taklif etilgan va shartnoma imzolagan. Londonda birinchi matbuot anjumanida „Menimcha, men alohida shaxsman“ degan mashhur gapni aytdi. Bu soʻzlar Britaniya ommaviy axborot vositalarining uni „The Special One“ („Oʻzgacha shaxs“) deb atashiga sabab boʻlggan. „Chelsea“ klubi bilan Mourinho uch mavsumda ikkita Premyer-liga chempionligi, Angliya kubogi va ikkita Liga kubogini qoʻlga kiritgan. 2007-yilda jamoa egasi Roman Abramovich bilan kelishmovchiliklar haqidagi xabarlar ortidan u klubni tark etishga majbur boʻlgan[5].
2008-yil yoz oyida Mourinho Italiyaning „Inter“ klubi bosh murabbiyi boʻlgan. U birinchi mavsumidayoq jamoani Seria A chempionligiga yetakladi, 2010-yilda esa Italiya klublari orasida birinchi boʻlib qitʼaviy treblni – Seriya A, Italiya kubogi va UEFA Chempionlar ligasini qoʻlga kiritggan[6]. Bu natija uni ikki turli klub bilan Yevropa kubogini qoʻlga kiritgan beshta murabbiydan biriga aylantirgan. Oʻsha yilning oxirida u FIFA tomonidan ilk bor „Yilning eng yaxshi murabbiyi“ deb eʼtirof etilggan. Keyinchalik Mourinho Ispaniyaning „Real Madrid“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan va 2011-12-yilgi mavsumda klub bilan La Liga chempionligini qoʻlga kiritib, bir mavsumda toʻplangan ochkolar, urilgan gollar va qozonilgan gʻalabalar boʻyicha bir qator ichki rekordlarni yangilagan. Shuningdek, u toʻrtta mamlakatda liga chempionligini qoʻlga kiritgan beshinchi murabbiy boʻldi[7][8]. Mourinho 2013-yilda „Real Madrid“ni tark etib, yana „Chelsea“ klubiga qaytggan va u yerda yana bir liga chempionligi hamda Liga kubogini qoʻlga kiritggan. Biroq 2015-yilda natijalar yomonlashgach, u lavozimidan chetlashtirilggan[9].
Mourinho 2016-yilda Manchester United va 2019-yilda Tottenham Hotspur jamoalarida bosh murabbiyi sifatida ishlagan[10][11], biroq ikkala jamoada ham kelishmovchiliklar bilan klubni tark etgan[12]. Shunday boʻlsa-da, Mourinho Manchester United bilan UEFA Yevropa ligasi va Liga kubogini qoʻlga kiritgan, shuningdek, Tottenham jamoasini Liga kubogi finaliga olib chiqqan va finaldan bir hafta oldin ishdan boʻshatilgan. U 2021-yildan 2024-yilgacha Rimning Roma klubini boshqargan va birinchi mavsumidayoq UEFA Yevropa Konferensiyalar Ligasida gʻalaba qozongan. Bu Romaning ilk Yevropa chempionligi va 2008-yildan keyingi birinchi sovrini boʻlgan. Bu gʻalaba Mourinyoni toʻrtta turli klub bilan yirik Yevropa musobaqasida gʻolib chiqqan birinchi murabbiy hamda UEFA klublar musobaqalarining barchasida gʻalaba qozongan uchinchi murabbiyga aylantirgan[13]. José 2024-yil iyul oyida Turkiya Superligasining Fenerbahche klubi murabbiyi sifatida tanishtirilgan, ammo 2025-yil avgust oyida Fenerbaxche Chempionlar ligasi pley-off bosqichida Benfikaga magʻlub boʻlganidan soʻng ishdan boʻshatilgan[14].
Mourino 2015-yilda Portugaliya futbol federatsiyasi (PFF) tomonidan „Asrning eng yaxshi Portugaliyalik murabbiyi“ unvoniga sazovor boʻlggan[15]. Uning taktik bilimlari, xarizmatik va bahsli shaxsiyati, hamda chiroyli oʻyindan koʻra natijalarni ustun qoʻyish siyosati tufayli, Mourino koʻpincha argentinalik murabbiy Helenio Herrera bilan taqqoslanadi[16][17]. Bu taqqoslashlar ham muxlislar, ham tanqidchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Murabbiylik statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2025-yil 27-avgust
| Jamoa | Tayinlangan sana | Boʻshatilgan sana | Natijalar | Man. | |||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Oʻ | Gʻ | D | M | UG | OʻG | GF | Gʻal % | ||||
| Benfica | 2000-yil 20-sentyabr | 2000-yil 5-dekabr | 11 | 6 | 3 | 2 | 17 | 9 | +8 | 54,55 | [18] |
| União de Leiria | 2001-yil 1-iyul | 2002-yil 23-yanvar | 23 | 12 | 8 | 3 | 34 | 20 | +14 | 52,17 | [19] |
| Porto | 2002-yil 23-yanvar | 2004-yil 2-iyun | 127 | 91 | 21 | 15 | 254 | 96 | +158 | 71,65 | [20] |
| Chelsea | 2004-yil 2-iyun | 2007-yil 20-sentyabr | 185 | 124 | 40 | 21 | 330 | 119 | +211 | 67,03 | [21] |
| Inter Milan | 2008-yil 2-iyun | 2010-yil 28-may | 108 | 67 | 26 | 15 | 185 | 94 | +91 | 62,04 | [21] |
| Real Madrid | 2010-yil 31-may | 2013-yil 1-iyun | 178 | 128 | 28 | 22 | 475 | 168 | +307 | 71,91 | [21] |
| Chelsea | 2013-yil 3-iyun | 2015-yil 17-dekabr | 136 | 80 | 29 | 27 | 245 | 121 | +124 | 58,82 | [21] |
| Manchester United | 2016-yil 27-may | 2018-yil 18-dekabr | 144 | 84 | 32 | 28 | 244 | 121 | +123 | 58,33 | [21] |
| Tottenham Hotspur | 2019-yil 20-noyabr | 2021-yil 19-aprel | 86 | 44 | 19 | 23 | 166 | 103 | +63 | 51,16 | [21] |
| Roma | 2021-yil 1-iyul | 2024-yil 16-yanvar | 138 | 68 | 31 | 39 | 213 | 143 | +70 | 49,28 | [21] |
| Fenerbahçe | 2024-yil 2-iyun | 29 August 2025 | 62 | 37 | 14 | 11 | 137 | 71 | +66 | 59,68 | [21] |
| Jami | 1 195 | 738 | 250 | 207 | 2 300 | 1 065 | +1235 | 61,76 | |||
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Murabbiy yordamchisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Porto
- Primeira Divisão: 1994-95, 1995-96
- Taça de Portugaliya: 1993-94
- Supertaça Candido de Oliveyra: 1994-yil
- Barselona
- La Liga: 1997-98, 1998-99
- Qirol kubogi: 1996-97, 1997-98
- Ispaniya Superkubogi: 1996-yil
- Yevropa kubogi egalari kubogi: 1996-97
- UEFA Superkubogi: 1997-yil
Murabbiy
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Porto[22]
- Primeira Liga: 2002-03, 2003-04
- Taça de Portugaliya: 2002-03
- Supertaça Candido de Oliveyra: 2003-yil
- UEFA Chempionlar Ligasi: 2003-04
- UEFA kubogi: 2002-03
- Chelsi
- Premyer-liga: 2004-05, 2005-06, 2014-15[23]
- Angliya kubogi: 2006-07
- Futbol ligasi kubogi: 2004-05, 2006-07, 2014-15
- FA Community Shield: 2005
- Inter
- A Seriya: 2008-09, 2009-10
- Italiya kubogi: 2009-10
- Italiya Superkubogi: 2008-yil
- UEFA Chempionlar Ligasi: 2009-10
- Real Madrid
- La Liga: 2011-12
- Qirol kubogi: 2010-11
- Ispaniya Superkubogi: 2012-yil
- Manchester Yunayted
- EFL kubogi: 2016-17
- FA Community Shield: 2016-yil
- UEFA Yevropa ligasi: 2016-17
- Roma
- UEFA Yevropa konferentsiya ligasi: 2021-22
Shaxsiy sovrinlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Onze „Oltin“ yilning eng yaxshi murabbiyi: 2005[24]
- FIFA tomonidan yilning eng yaxshi murabbiyi: 2010[25]
- IFFHS dunyoning eng yaxshi klub murabbiyi: 2004,[26] 2005, 2010, 2012
- IFFHS dunyoning 2001-2020-yillardagi 21-asrning eng yaxshi murabbiyi[27]
- Premyer-liganing mavsumdagi eng yaxshi murabbiyi: 2004-05, 2005-06, 2014-15
- Premyer-ligada oyning eng yaxshi murabbiyi: 2004-yil noyabr, 2005-yil yanvar, 2007-yil mart, 2020-yil noyabr[28]
- A Seriyada yilning eng yaxshi murabbiyi: 2008-09,[29] 2009-10[30]
- A Seriyada oyning eng yaxshi murabbiyi: 2022-yil avgust[31]
- Panchina d’Oro: 2009-10[32]
- Migel Munos kubogi: 2010-11,[33] 2011-12[34]
- UEFA yilning eng yaxshi murabbiyi: 2002-03,[35] 2003-04
- UEFA yilning eng yaxshi jamoasi: 2003, 2004, 2005, 2010
- World Soccer Magazine yilning eng yaxshi jahon menejeri: 2004,[36] 2005, 2010
- Jahon futboli tarixidagi 3-eng buyuk murabbiy: 2013-yil
- ESPN tarixidagi 9-eng buyuk murabbiy: 2013[37]
- Fransiya futboli tarixidagi 13-eng buyuk murabbiy: 2019[38]
- BBC yilning eng yaxshi sport shaxsi murabbiyi mukofoti: 2005[39]
- La Gazzetta dello Sport yilning eng yaxshi odami: 2010[40]
- Xalqaro sport matbuot assotsiatsiyasining dunyodagi eng yaxshi murabbiyi: 2010[41]
- Premio Prestígio Fernando Soromenho: 2012[42]
- Football Extravaganzaʼs League of Legends (2011)[43]
- Globe Soccer Awards yilning eng yaxshi murabbiyi: 2012[44]
- Globe Soccer Awards Futboldagi eng yaxshi ommaviy axborot vositalarini jalb qilish: 2012[45]
- Portugaliyalik asr murabbiyi: 2015
- PFA Portugaliyada yilning eng yaxshi murabbiyi: 2017-yil
- Haftaning LMA chiqishlari: 2017-yil 2-dekabr (Arsenal 1-3 Man. Utd),[46] 2018-yil 7-aprel (Man. City 2-3 Man. Utd)[47]
- Italiya futbol shon-shuhrat zali: 2022[48]
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Izohlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1 2 „Mourinho: José Mário dos Santos Mourinho Félix: Manager“. BDFutbol. 2021-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-may.
- ↑ „Mourinho, José Mário dos Santos Mourinho Félix - Manager | BDFutbol“. www.bdfutbol.com. Qaraldi: 2025-yil 15-iyul.
- ↑ Rubio, Alberto; Clancy, Conor „Guardiola on his way to becoming the most successful coach of all time“. Marca (2019-yil 23-may). 2019-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 11-avgust.
- ↑ Multiple sources:
- Alves, Marcus „'Great Ability' but 'A Bit Lazy': Remembering Jose Mourinho's Playing Days“. Bleacher Report. Qaraldi: 2023-yil 22-noyabr.
- „Mourinho e as memórias de um Rio Ave em maré alta“ (pt). Maisfutebol. Qaraldi: 2023-yil 22-noyabr.
- „Quando Mourinho era o Special One no Comércio e Indústria“ (pt-PT). www.dn.pt (2015-yil 29-mart). 2023-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-noyabr.
- ↑ „Mourinho makes shock Chelsea exit“. BBC Sport (2007-yil 20-sentyabr). 2007-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 24-may.
- ↑ Harrold, Michael. „2009/10: Inter back on top at last“. UEFA. 2010-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 15-sentyabr.
- ↑ „José Mourinho's mission accomplished as Real Madrid seal title“. The Guardian. 2021-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 3-may.
- ↑ „Eric Gerets champion“. l'Equipe.fr. 2021-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-oktyabr.
- ↑ „Jose Mourinho sacked as Chelsea manager“. BBC Sport (2015-yil 17-dekabr). 2021-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-dekabr.
- ↑ „José Mourinho Manager Profile“. www.premierleague.com. 2019-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-dekabr.
- ↑ „Mourinho appointed United manager“. ManUtd.com. Manchester United (2016-yil 27-may). 2016-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-may.
- ↑ @SpursOfficial. „The Club can today announce that Jose Mourinho and his coaching staff Joao Sacramento, Nuno Santos, Carlos Lalin and Giovanni Cerra have been relieved of their duties. #THFC #COYS“.
- ↑ Honeyman, Sam. „Roma 1–0 Feyenoord: Zaniolo strike wins the first Europa Conference League final“. UEFA. Union of European Football Associations (2022-yil 25-may). 2022-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-may.
- ↑ „Jose Mourinho: Fenerbahce sack manager after just over a year in charge“ (en-GB). BBC Sport (2025-yil 29-avgust). Qaraldi: 2025-yil 31-avgust.
- ↑ „Giants of Portuguese football honoured at centenary of FPF“. Euronews.com (2015-yil 15-may). 2018-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-fevral.
- ↑ Williams, Richard. „In José Mourinho Inter finally have a true heir to Helenio Herrera“. The Guardian (2010-yil 29-aprel). 2021-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-dekabr.
- ↑ Formica, Federico „Helenio Herrera, or Josè Mourinho 40 years before“. SerieAddicted. 2014-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Squad 2000/2001“. ForaDeJogo.net. 2018-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 10-iyun.
- ↑ „Squad 2001/2002“. ForaDeJogo.net. 2018-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 10-iyun.
- ↑ „Squad 2001/2002“. ForaDeJogo.net. 2018-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 10-iyun.
„Squad 2002/2003“. ForaDeJogo.net. 2021-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 10-iyun.
„Squad 2003/2004“. ForaDeJogo.net. 2021-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 10-iyun. - 1 2 3 4 5 6 7 8 „Managers: Jose Mourinho“. Soccerbase. Centurycomm. 2019-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-noyabr.
- ↑ „José Mourinho, Chelsea manager profile“. Barclays Premier League. 2015-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-fevral.
- ↑ „Manager Profile: José Mourinho“. Premier League. 2019-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-sentyabr.
- ↑ „"Onze Mondial" Awards“. RSSSF (2016-yil 21-yanvar). 2018-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-fevral.
- ↑ „Jose Mourinho congratulated by Spanish Coaches Committee after being named Fifa World Coach of the Year Award“. Goal.com (2011-yil 13-yanvar). 2021-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-fevral.
- ↑ „Former Results“. International Federation of Football History & Statistics. 2018-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-fevral.
- ↑ „IFFHS Coaches of the XXIst Century (2001–2020) – Mourinho Leader“. IFFHS (2021-yil 15-fevral).
- ↑ „Mourinho named November Barclays Manager of the Month“. Premier League (2020-yil 11-dekabr). 2021-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-dekabr.
- ↑ „Oscar del Calcio, i vincitori“. Sportlive.it (2010-yil 19-yanvar). 2016-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-fevral.
- ↑ „Inter Triumph at AIC 2010 'Football Oscars'“. Inter Milan (2011-yil 25-yanvar). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 5-mart.
- ↑ „José Mourinho Coach of the Month for August“. Serie A (2022-yil 13-sentyabr). 2022-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-sentyabr.
- ↑ „Mourinho vince ancora: a lui la Panchina d'oro 2009–2010“. Corriere della Sera (2011-yil 8-fevral). 2017-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-fevral.
- ↑ Olmedo, Álvaro „Mourinho: "La temporada pasada fue movida y divertida"“. Marca (2011-yil 3-oktyabr). 2021-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-fevral.
- ↑ Jiménez, J. A.; Briones, M. „Los Óscars de la Liga“. Marca (2013-yil 15-mart). 2018-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-fevral.
- ↑ „UEFA Awards“. RSSSF (2016-yil 21-yanvar). 2018-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-fevral.
- ↑ „World Soccer Awards – previous winners“. World Soccer (2012-yil 14-dekabr). 2014-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-fevral.
- ↑ „Greatest Managers, No. 9: Mourinho“. ESPN FC (2013-yil 7-avgust). 2021-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-mart.
- ↑ „Top 50 des coaches de l'historie“. France Football (2019-yil 19-mart). 2019-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-mart.
- ↑ „Andrew Flintoff is BBC Sports Personality of the Year 2005“. BBC Sport (2005-yil 11-dekabr). 2018-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-fevral.
- ↑ „Mourinho considerado o "Homem do Ano" – Real Madrid“. Record.xl.pt (2010-yil 31-dekabr). 2012-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-yanvar.
- ↑ „Mourinho, World Number 1 together with Messi and Brazil“. London: AIPS (2010-yil 7-may). 2018-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 9-may.
- ↑ „José Mourinho Recebe Prémio Prestígio Fernando Soromenho“. Associação dos Jornalistas de Desporto. 2021-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 24-iyul.
- ↑ „Mourinho honoured at Football Extravaganza“. Premier League (2011-yil 25-mart). 2011-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Josè Mourinho (Best Coach of the Year)“. Globe Soccer. 2021-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-fevral.
- ↑ „Josè Mourinho (Best Media Attraction in Football)“. Globe Soccer. 2021-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-fevral.
- ↑ „LG Performance of the Week: Mourinho Guides Manchester United to Important Win Against Arsenal“. LMA (2017-yil 8-dekabr). 2018-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 14-aprel.
- ↑ „LG Performance of the Week: Mourinho Masterminds Second Half Comeback to Prevent City Title Party“. LMA (2018-yil 12-aprel). 2018-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 14-aprel.
- ↑ „Da Zola a Mourinho e Zidane: le nuove leggende della Hall of fame del calcio italiano“ (it). Sky Italia (2023-yil 16-mart). Qaraldi: 2023-yil 23-aprel.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda „José Mourinho“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
| Vikiiqtibosda José Mourinhoga tegishli iqtiboslar mavjud. |
- José Mourinho murabbiylik davri statistikasi Soccerbase saytida
- José Mourinho murabbiylik profili Soccerway saytida
- José Mourinho IMDbda
- José Mourinho – UEFA murabbiylik natijalari (arxivlangan)
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- 26-yanvarda tugʻilganlar
- 1963-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Portugaliyalik erkak futbolchilari
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Rio Ave F.C. futbolchilari
- C.F. Os Belenenses futbolchilari
- G.D. Sesimbra futbolchilari
- Primeira Liga futbolchilari
- Portugaliyalik futbol murabbiylar
- S.L. Benfica murabbiylari
- U.D. Leiria murabbiylari
- FC Porto murabbiylari
- Chelsea F.C. murabbiylari
- Inter Milan murabbiylari
- Real Madrid CF murabbiylari
- Manchester United F.C. murabbiylari
- Tottenham Hotspur F.C. murabbiylari
- AS Roma murabbiylari
- Fenerbahçe S.K. (futbol) murabbiylari
- Primeira Liga murabbiylari
- Angliya Premyer-ligasi murabbiylari
- Serie A murabbiylari
- La Liga murabbiylari
- UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan murabbiylar
- Oltin globus (Portugaliya) sovrindorlari
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
