Kontent qismiga oʻtish

Guus Hiddink

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Guus Hiddink
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Guus Hiddink[1]
Tavallud sanasi 8-noyabr 1946-yil (1946-11-08) (78 yosh)
Tavallud joyi Varsseveld, Niderlandiya
Ampluasi bosh murabbiy
Laqabi Omadli gollandiyalik
Omadli Guus (niderlandcha: Guus Geluk)
Qirol Guus (niderlandcha: Tsaar Guus)
Sehrgar Guus
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
SC Varsseveld
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1967—1970 De Graafschap
1970—1972 PSV Eindhoven 30 (1)
1972—1977 De Graafschap 130 (9)
1977—1981 NEC Nijmegen 104 (2)
1978   Washington Diplomats 13 (4)
1980   San Jose Earthquakes 15 (0)
1981—1982 De Graafschap 25 (0)
Total 317 (16)
Boshqargan klublari
1983—1987 PSV (yordamchi)
1990—1991 Fenerbahche
1991—1993 Valencia
1994 Valencia
1995—1998 Niderlandiya
1998—1999 Real Madrid
2000 Real Betis
2001—2002 Janubiy Koreya
2002—2006 PSV
2005—2006 Avstraliya
2006—2010 Rossiya
2009 Chelsea (vaqtincha)
2010—2011 Turkiya
2012—2013 Anji Mahachqalʼa
2014—2015 Niderlandiya
2015—2016 Chelsea (vaqtincha)
2018—2019 Xitoy U21
2020—2021 Kyurasao
2021—2022 Kyurasao (texnik direktor)
2022 Avstraliya (yordamchi)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Guus Hiddink (talaffuzi: Gus yoki Guus Hiddink 1946-yil 8-noyabrda tugʻilgan) – gollandiyalik sobiq professional futbolchi va nafaqadagi futbol murabbiyi. U oʻz vatani Niderlandiyada yarim himoyachi ampulasida uzoq muddat faoliyat yuritgan. 1982-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan Hiddink murabbiylik sohasiga oʻtib, dunyo boʻylab turli klub va milliy terma jamoalarni boshqargan hamda ularga koʻplab unvon va yutuqlarni keltirgan. U PSV Eindhoven bilan hozirgi UEFA Chempionlar ligasining oʻtmishdoshi boʻlgan Yevropa chempionlar kubogini qoʻlga kiritgan. Real Madrid jamoasi bilan esa Qitʼalararo kubokda gʻalaba qozongan.

Soliq toʻlashdan boʻyin tovlash

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yil fevralda Hiddink Niderlandiya sudi tomonidan soliqdan qochishda aybdor deb topilgach, unga olti oylik shartli qamoq jazosi berilib, 45 000 yevro miqdorida jarima solingan. Prokurorlar Hiddinkni 2002–2003-yillarda Belgiyada yashayotganini aytib, Niderlandiyada 1,4 million yevro miqdoridagi soliqni toʻlashdan boʻyin tovlaganlikda ayblagan holda, uni oʻn oylik qamoq jazosiga tortishni talab qilishgan edi. Niderlandiya Soliq razvedkasi va aniqlash xizmati uning oʻz asosiy manzili deb koʻrsatgan Belgiyadagi uyida yetarlicha tunab qolmaganligini taʼkidlagan. Hiddink esa bu ayblovni inkor etgan[2][3].

  1. „Hiddink: Guus Hiddink: Manager“. BDFutbol. Qaraldi: 2017-yil 21-dekabr.
  2. „Hiddink Escapes Jail for Tax Fraud“. Kommersant. Kommersant Publishing House (2007-yil 28-fevral). 2009-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 23-iyun.
  3. Bandini, Paolo. „Hiddink found guilty of tax fraud“. The Guardian (2007-yil 27-fevral). Qaraldi: 2008-yil 20-sentyabr.