Eintracht Frankfurt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ayntraxt Frankfurt
Eintracht Frankfurt Logo.svg
Toʻliq nomi Eintracht Frankfurt e.V.
Laqabi SGE (Sportgemeinde Eintracht)
Die Adler (Burgutlar)
Asos solingan 1899-yil 8-mart
Stadion Deutsche Bank Park (stadion)
Stadion hajmi 51,500
Prezidenti Peter Fischer
Murabbiyi Oliver Glasner
Sardori Sebastian Rode
Vebsayt http://www.eintracht.de
Musobaqasi Bundesliga
2021-22 11
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi
Zaxira libosi

Ayntraxt“ (nemischa: SG Eintracht Frankfurt e.V.) — Frankfurt-Maynda joylashgan nemis professional futbol klubi. Bundesliga ishtirokchisi. Klubning uy stadioni Deutsche Bank Park boʻlib, sigʻimi 51 500 tomoshabinga moʻljallangan[1].

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

1899-1939-yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1899-yil 8-mart kuni Frankfurt-Mayn shahrida Frankfurter Fußball-Club Victoria von 1899 va Frankfurter Fußball-Club Kickers von 1899 klublariga asos solingan. 1908-yilning 5-aprelida „Kickers“ futbolchisi Frits Bekker Germaniya milliy futbol terma jamoasi tarixidagi ilk oʻyin — Shveytsariyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida ikkita gol uradi. 1908-yilning oʻzidayoq „Kickers“ 1. Frankfurter Hockeyclub klubini qoʻshib oladi. 1911-yil „Kickers“ va „Victoria“ning birlashishi natijasida yangi futbol klubi — Frankfurter Fußballverein (Kickers-Victoria) von 1899 paydo boʻldi. 1914-yilda, Birinchi jahon urushi boshlanganidan soʻng, mamlakat chempionati toʻxtatildi va birlashgan klubning aksariyat oʻyinchilari urushga ketishdi.

Urushdan qaytgach, Kickers-Victoria futbolchilari klubni tikladilar va 1920-yil aprel oyida ular Frankfurter Turngemeinde (1861-yilda tashkil etilgan) bilan birlashdilar va yangi klub — Turn- und Sportgemeinde Eintracht Frankfurt von 1861 ni tashkil etdilar. Aynan oʻsha paytda klub nomida „Ayntraxt“ (nemischa: birdamlik, kelishuv) soʻzi birinchi marta paydo boʻladi. 1927-yilda Germaniya gimnastika assotsiatsiyasining bosimi tufayli klub tarqatib yuborildi va uning asosida ikkita yangi jamoalar — Turngemeinde Eintracht Frankfurt von 1861 va Sportgemeinde Eintracht Frankfurt (F.F.V) von 1899 tuzildi. Ikki klubning tarixi uzoq davom etmadi.

1945-1959-yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikkinchi jahon urushidan soʻng, yangi tashkil etilgan SG Eintracht 1946 klubi Hessen kubogini qoʻlga kiritadi. 1954-yilda „Ayntraxt“ futbolchisi Alfred Pfaff Germaniya Federativ Respublikasi futbol terma jamoasi safida jahon chempioni boʻldi. 1959-yilda „Ayntraxt“ Berlinda „Kickers Offenbach“ni oʻz tarixida birinchi va soʻnggi bor Germaniya chempioni boʻladi.

1960-1978-yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1960-yili „Ayntraxt 1946“ Chempionlar kubogining ilk bor Germaniyadan ishtirok etayotgan finalchisiga aylandi. Glazgoda kechgan uchrashuvda frankfurtliklar Madridning Real klubi tomonidan 3:7 hisobida magʻlub etiladi. Ushbu matchda frankfurtliklar kiritgan 3 goldan 2tasiga Erwin Stein mualliflik qilgan.

1963-yilda „Ayntraxt“ professional klublar oʻrtasida ilk bor oʻtkazilayotgan Germaniya futbol chempionatida qatnashadi. „Ayntraxt“ Bundesligadagi birinchi mavsumda uchinchi oʻringa sazovor boʻladi va GFR kubogi finaliga yoʻl oladi. Finalda „Myunxen 1860“ klubiga 0:2 hisobi bilan magʻlub boʻladi. 1968-yilda klub oʻz nomini ayni vaqtdagi Eintracht Frankfurt e.V.ga oʻzgartirdi.

XX asrning 60-70-yillari Frankfurt klubi uchun eng muvaffaqiyatli kechdi. GFR terma jamoasi safida klub futbolchilari — 1966-yilgi Jahon chempionati kumush medali sovrindori Alfred Lutz, jahon chempioni Bernd Hölzenbein va jahon hamda Yevropa chempioni Jürgen Grabowskilar toʻp tepadilar. 1974 va 1975-yillarda „Ayntraxt“ ikki marta Germaniya kubogini qoʻlga kiritgan.

1978-1994-yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Murabbiy Fridel Rausch boshchiligida klub UEFA kubogi finaliga chiqadi va 1980-yil 2-mayda boshqa bir nemis jamoasi — Myonxengladbaxning „Borussiya“ jamoasi ustidan gʻalaba qozonadi. 1981 va 1988-yillarda final oʻyinlarida „Kayzerslautern“ va „Boxum“ni magʻlub etib, „Ayntraxt“ yana ikki bor GFR kubogini yutadi. 1993 va 1994-yillarda „Ayntraxt“ ikki marta Yevropa kubogi chorak finaliga chiqa oldi, biroq 1980-yilgi muvaffaqiyatni takrorlay olmadi. Oʻsha yillarda klub oʻyinchisi Anthony Yeboah Bundesliganing eng yaxshi toʻpurariga aylandi.

1994-2003-yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1994-yildan keyin klubning ahvoli yomonlashdi va 1995/1996-yilgi mavsum yakunlariga koʻra „Ayntraxt“ Ikkinchi Bundesligaga tushib ketdi. Biroq shu yili — 1996-yilda frankfurtliklar darvozaboni Andreas Koepke Yevropa chempioni boʻldi. Oradan ikki yil oʻtib, 1998-yilda klub yana Bundesligaga qaytdi, ammo uch mavsum davomida ligadagi oʻrnini saqlab qolish uchun kurashib, 2001-yilda yana ikkinchi ligaga tushib ketdi.

„Ayntraxt“ning ikkinchi divizionga qaytishi jamoa bosh homiysi bankrot boʻlgan vaqtga toʻgʻri keldi va bu 8 million yevro miqdoridagi qarz shakllanishiga olib keldi. Faqat RMV, Fraport, Mainova, Messe Frankfurt kabi bir qator shahar kompaniyalarini oʻz ichiga olgan homiylar birlashmasining favqulodda tuzilishi jamoaning butunlay parchalanishidan saqlab qoldi. Klubdagi muammolar shu bilan tugab qolmadi. Litsenziya hujjatlarini rasmiylashtirishdagi xato tufayli Germaniya futbol assotsiatsiyasi klubga litsenziya berishdan bosh tortdi, bu esa klubni mintaqaviy havaskorlar ligasiga oʻtkazish xavfini keltirib chiqardi. Natijada „Ayntraxt“ rahbariyati baribir klubni Ikkinchi Bundesligada saqlab qolishga muvaffaq boʻldi.

2003-yilda „Ayntraxt“ ikkinchi divizionda uchinchi oʻrinni egallab, Bundesligaga qaytishga erishdi. Jamoa bor-y yoʻgʻi yana bir yil kuchlilar orasida qola oldi.

2004-yildan — hozirgi kungacha[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fayl:Болельщики Франкурта в Баку.ogv
Klub muxlislari „Qorabogʻ“ klubi bilan oʻyindan soʻng, 22-avgust, 2013-yil.

2004-yilda klubni Friedhelm Funkel boshqargan va u bir yil ichida „Ayntraxt“ni Bundesligaga qaytarishga muvaffaq boʻlgan. 2006-yili frankfurtliklar Germaniya kubogi finalida Myunxenning „Bavariya“ jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishgan. Ammo Myunxen Chempionlar ligasida oʻynash huquqiga ega boʻlganligi sababli „Ayntraxt“ magʻlubiyatga qaramay, UEFA kubogi yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi va u yerda guruh bosqichiga chiqishga muvaffaq boʻldi. Bundesligada Frankfurt klubi oʻzining eng katta muvaffaqiyatiga 2018/19-yilgi mavsumda erishib, 7-oʻrinni egalladi. Jamoaning asosiy yutugʻi 2018-yilgi mamlakat kubogi finalida „Bavariya“ ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozonish boʻlib, bu ularga 2018/2019-yilgi mavsumda Yevropa ligasida qatnashish imkonini berdi va unda jamoa turning yarim finaligacha bora oldi. Penaltilar seriyasida musobaqaning boʻlajak gʻolibi "Chelsi"ga magʻlub boʻldi.

2021/2022-yil mavsumida „Ayntraxt“ futbol klubi Yevropa ligasi chorak finalida „Barselona“ni, yarim finalda esa „Vest Hem Yunayted“ klubini magʻlub etib, finalga yoʻl oldi. Final oʻyinida frankfurtliklar „Reynjers“ bilan kuch sinashadi[2].

Klub Yevropa ligasi finalning asosiy vaqtini Glazgoning „Reynjers“ klubi bilan 1:1 hisobida oʻtkazdi. Gʻolib penaltilar seriyasidagi 5:4 hisobi bilan „Ayntraxt“ foydasiga hal boʻldi[3].

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy musobaqalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Germaniya chempionati

  • 1Chempion Chempion (1): 1959
  • 2Kumush medal sovrindori Vitse-chempion (1): 1932

Germaniya kubogi

  • 1Chempion Gʻolib (5): 1974, 1975, 1981, 1988, 2018
  • 2Kumush medal sovrindori Finalchi: 1964, 2006, 2017

Germaniya Superkubogi

  • 2Kumush medal sovrindori Finalchi (2): 1988, 2018

Ikkinchi Bundesliga

  • 1Chempion Chempion (1): 1998
  • 2Kumush medal sovrindori Vitse-chempion (1): 2012

Xalqaro musobaqalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yevropa chempionlari kubogi

UEFA kubogi / Yevropa ligasi

Intertoto kubogi

Alp kubogi

  • 1Chempion Gʻolib: 1967

Tarkib[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosiy jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa tarkibi futbol klubining rasmiy saytidagi maʼlumotlar asosida kiritilgan[4].

Amplua Futbolchi
1  GER DR Kevin Trapp (vitse-sardor)
2  FRA HM Evan Ndicka
4  CMR HM Jérôme Onguéné
5  CRO HM Hrvoje Smolčić
6  CRO YH Kristijan Jakić
8   SUI YH Djibril Sow
9  FRA HJ Randal Kolo Muani
11  GER HJ Faride Alidou
15  JPN YH Daichi Kamada
17  GER YH Sebastian Rode (sardor)
18  MLI HM Almamy Touré
19  COL HJ Rafael Santos Borré
20  JPN YH Makoto Hasebe (3-sardor)
21  ARG HJ Lucas Alario
Amplua Futbolchi
22  USA HM Timothy Chandler
24  POR HM Aurélio Buta
25  GER HM Christopher Lenz
26  FRA YH Éric Junior Dina Ebimbe (Paris Saint-Germain dan ijarada)
27  GER YH Mario Götze
28  GER YH Marcel Wenig
29  DEN YH Jesper Lindstrøm
31  GER DR Jens Grahl
33  ITA HM Luca Pellegrini (Juventus dan ijarada)
35  BRA HM Tuta
36  GER YH Ansgar Knauff (Borussia Dortmund dan ijarada)
40  GER DR Diant Ramaj
42  GER YH Mehdi Loune
49  GER HM Jan Schröder
 ESP HJ Nacho Ferri

Ijaradagi futbolchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amplua Futbolchi
 GER HJ Ragnar Ache (Germaniya SpVgg Greuther Fürth da 2023-yil 30-iyungacha)
 TUR HJ Ali Akman (Turkiya Göztepe SK da 2023-yil 30-iyungacha)
 CYP YH Antonio Foti (Germaniya Hannover 96 da 2024-yil 30-iyungacha)
Amplua Futbolchi
 NOR YH Jens Petter Hauge (Belgiya KAA Gent da 2023-yil 30-iyungacha)
 GER HJ Igor Matanović (Germaniya FC St. Pauli da 2023-yil 30-iyungacha)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]