Akobir Xoja xazirasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Akobir Xoja xazirasi
Muqobil nomlari Akobir Xoja xazirasi

Umumiy maʼlumot
Maqomi Tarixiy obida
Turi xazira
Shahar Buxoro
Mamlakat Oʻzbekiston
Qurilishi boshlangan XIX asr
Texnik holati
Material pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch
Qavatlar soni 1

Akobir Xoja xazirasi  — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Mazkur xazira Chor Bakr meʼmoriy majmuasida joylashgan boʻlib, XIX asrda qurilgan. Xazira Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. Akobir Xoja xazirasi Chor Bakr meʼmoriy majmuasi xonaqohining qarama-qarshisida joylashgan. Peshotqi unchalik katta emas va kichik ikki tabaqali darvoza boʻlib, gujum daraxtidan yasalgan. Supadan ikkita hujra bunyod etilgan. Xazira ichkarisida ziyoratgohlar tilovat qilishlari uchun maxsus joy mavjud va ikki tomoni ochiq ayvondan iborat. Xazirada marmar toshlar va qabrlar ham yoʻq. Tarixchi Inobat Rajabova ushbu xazirada kimlar dafn etilganligini aniqlab boʻlmasligini taʼkidlaydi. Xazira kirish tomoni eshigining chap tomonida Ahmadi Taxtbozi Joʻyboriy matfani saqlangan. Uning vasiyatiga koʻra jasadini xaziradan tashqariga qurishgan. U shunday soʻzlar aytgan ekan: „Har oʻtgan-ketgan haqimga duoyi fotiha oʻqisin[1]“. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng xazira oʻng tomonida joylashgan hujra berun, ichkari qismlari tiklangan va kichkina bir gumbaz qurilgan. Darvoza oldidagi supalar koʻtarilib, Ahmadi taxtaboz qabri ochib koʻrilgan. Qabr oldida yana bir qabr topilgan. Ammo qabr oldida biror bir bitik mavjud emas. Ikkala qabr ham qayta tiklandi. Mutaxasislar bilan olib borilgan ishlar natijasida xaziradagi devorlar ham tiklandi[2]. Joʻyboriy xojalari tomonidan Akobir Xoja xazirasi uchun koʻplab yerlarni vafq qilgan va mazkur vaqf mablagʻlari hisobiga tilovat qiladigan qorilar maosh olishgan. Xazira Oʻrta Osiyo uslublarida bunyod etilgan[3].


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Чор Бакр 2001, s. 86.
  2. Чор Бакр 2001, s. 84-121.
  3. Тўраев 2007, s. 253.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilmiy adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ҳусенов С, Ражабова И.. Чор Бакр. Tошкент: Шарқ нашриёти, 2001 — 144 bet. 
  • Тўраев Ҳ. Бухоро хонлигининг XVI–XVII асрлар ижтимоий сиёсий ва маънавий-маданий ҳаётида Жўйбор хожаларининг тутган ўрни тарих фанлари доктори илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация, Тошкент, 2007 — 309 bet.