Ahmadbekhoji mehmonxonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Ahmadbekhoji mehmonxonasiAndijondagi me’moriy yodgorlik (190507). Andi-jonlik paxta zavodi egasi Ahmadbekhoji Temurbek oʻgʻli qurdirgan. Ahmadbekhoji oʻz davrida yirik savdogar, sahovatpesha boy boʻlgan. Uning mehmonxonasi qurilishida mahalliy ustalardan Yu. Musayev, Us t a Toshxon, Us t a Yahyo va ularning shogirdlari, bezagida S. Norqoʻziyev qatnashgan. Bino tarhi P shaklida, ochiqtomoni Gʻarbga qaratib solingan. Shimoliy tomoni ikki qavatli. Shimoliy qanot chekkasida moʻ’jazgina hammom bor. Bino pishiq va xom gʻishtdan, sinch asosida qurilgan. Xonalar 16 ta boʻlib, ularning oldi ayvonli. Ayvonlarning yassi tomini qator yogʻoch ustunlari koʻtarib turadi. Ayvon va boloxona shiftlari vassa juft uslubida yopilib, sir naqqoshligi bilan bezatilgan. Hamma darvoza va eshiklar an’anaviy holda hovli tomonga qaragan. Uy tarzi yalang devordan iborat. Idora vazifasini oʻtaydigan Shimoliy qismi Yev-ropacha uslubda pardozlangan. Shifti naqshinkor ganch bilan bezatilgan katta xo-nalarga pechlar qurilib, koshinlar bilan sirlangan. Devorlar moybuyoq bilan par-dozlangan. Ayvon eshiklarining orasiga koʻk rangda islimiy va girih naqshlar ishlangan. Yogʻoch karniz jimjimador qilib oʻyilgan.Ahmadbekhoji mehmonxonasi hovlisi va bogʻi oʻrnida hozirgi Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi bunyod etilgan. Ahmadbekhoji mehmonxonasi istirohat bogʻining tashqarisida qolgan, boyning yozgi dam olish xonasi – shiyponi esa bogʻ markazida yangi qurilgan "amfiteatr" mujassamotiga uygʻunlashtirilgan holda saqlanib qolingan. Shiyponning ichki bezagida sir naqqoshligidan foydalanilgan.Ahmadbekhoji mehmonxonasi bir necha bor ta’mirlangan (soʻnggi ta’mir 1999–2000-yillarda ba-jarilgan). Mehmonxonada Andijon viloyat adabiyot va sanat muzeyining ma’muriyati va san’at boʻlimi joylashgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil