Sinch

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sinch — bino va inshootlar devorining taglik yogʻoch (tagsinch) bilan tepa yogʻoch (sarrov) oʻrtasiga qadaladigan yogʻochlar; uyning "skeleti". Uyning mustahkamligi, turgʻunligi, zilzilabardoshligini oshiradi. S.ning tagsinch, ustun, hovon, tepasinch (sarrov), bachkisinch va boshqa xillari bor. Binolar yakkasinchli va qoʻshsinchli qilib quriladi. Qoʻshsinchli devor xona iqlimini moʻʼtadil tutadi, turli tokcha, taxmonlar yasashga imkon beradi. Odatda, yuk tushuvchi tashqi devorlar qoʻshsinch, ichki devor — toʻsiqlar esa yakka sinch qilib ishlanadi. Tagsinch sarrovga S. bilan oʻyiq va tirnoklar yordamida qimirlaydigan qilib (zilzilabardosh qilish uchun) biriktiriladi. Xovonlar (tirak S.lar) imoratni mustahkam ushlab turadi. S.lar orasiga gʻisht, guvala va boshqa urib devor hosil qilinadi. Oʻrta Osiyo meʼmorligida S. devorlar keng qoʻllanilgan. S.lar qad. davrlar meʼmoriy yodgorliklarida ham uchraydi. Hozir ham yakka uyjoy qurilishida S. devor konstruksiyalari katta oʻrin tutadi.

Baʼzi zamonaviy maʼmuriy va sanoat binolari, imoratlar metall S.lardan karkasli qilib quriladi. Oldin metall S.lar payvandlab biriktirib olinadi (yaʼni "skelet" xreil qilinadi), keyin orasiga gʻisht urib chiqiladi.