Shiypon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shiypon — 1) atrofi ochiq, poydevori nisbatan baland yozlik yengil qurilma. Katta hovli, bogʻ, chorbogʻlar ichida quriladi (yana qarang Koʻshk); 2) dalada ishlayotganlarning dam olishi va ovqatlanishi uchun maxsus qurilgan yozlik bino; dala Shiypon ekinzorlar (ayniqsa, qovun polizlari), uzumzorlarda bunyod etiladigan chayla, kapa va boshqalar oʻrniga 20asr oʻrtalaridan qurila boshlandi. Sh. atrofi koʻkalamzorlashtiriladi. Dala mehnatkashlarining dam olishlari, ularning orasida madaniy-maʼrifiy, ommaviy ishlar olib borishda qulayliklar tugʻdiradi. Dala Sh.i aksari 1 xona va ayvondan iborat boʻlib, keyinchalik 2—3 xona va bir yoki bir necha ayvonli qilib qurila boshlandi. Xalq meʼmorligi anʼanalarida ganch, yogʻoch oʻymakorligi bilan bezatilgan Sh.lar ham bunyod etiddi.