23-noyabr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

23-noyabrGrigoriy taqvimida yilning 327- (kabisa yilida 328-) kuni. Yil yakuniga 38 kun qoladi.


Noyabr
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
  1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30        
2016-yil

Bayramlar[tahrir]

Sh. qarang: Turkum:23-noyabr bayramlari

- Butunjahon Jazoni tugatish kuni;

- Yaponiyada Mehnatkashlarga minnatdorlik kuni;

- AQSHda Rad etish kuni;

- Sloveniyada Rudolf Maister kuni

- Gruziyada Avliyo Jorj kuni;

- Qozogʻistonda Yo’l harakati xavfsizligi xodimlari kuni;

- Litva Qurolli kuchlari kuni


Voqealar[tahrir]

Sh. qarang: Turkum:23-noyabr voqealari

- 1174-yil – Salohiddin Ayyubiy boshchiligidagi musulmonlar qo’shini Damashq shahrini egalladi;


- 1248-yil – Kastiliya qiroli Ferdinand III qo’shinlari musulmonlar qo’l ostidagi Sevilya shahrini bosib oldi;


- 1510-yil – Usmonli Turklar imperiyasi Imereti qirolligi poytaxti Kutaisi shahrini egalladi;

- 1793-yil – Parij Kommunasi cherkovlar faoliyatini taqiqladi;

- 1852-yil – Angliyada tarixda ilk bor pochta qutilari paydo bo’ldi;

- 1904-yil – AQSHning Sent Luis shahrida III Olimpiya o’yinlari yakunlandi;

- 1910-yil – Shvetsiya tarixidagi so’nggi o’lim jazosi amalga oshirildi;

- 1918-yil – Edvin Habbel Andromeda galaktikasini kashf etdi;

- 1924-yil – SSSRda ilk doimiy radioeshittirishlar yo’lga qo’yildi;

- 1940-yil – Ikkinchi jahon urushi: Ruminiya fashistik blokka qo’shildi;

- 1946-yil – Birinchi Hindi-xitoy urushi boshlandi: Fransiya havo kuchlari Vyetnamning Hay Pong shahrini bombardimon qilishi oqibatida minglab fuqarolar halok bo’ldi;

-1955-yil – Kokos orollari Buyuk Britaniyadan Avstraliya nazoratiga o’tdi;

- 1980-yil – Italiya janubidagi Irpiniya shahrida sodir bo’lgan 6,9 magnitudali zilzilada 4,800 kishi qurbon bo’ldi;

- 1985-yil – Afinadan Qohiraga uchayotgan yo’lovchi samolyoti qurolli shaxslar tomonidan garovga olinishi oqibatida, 60 kishi halok bo’ldi;

- 1992-yil – Las Vegasda IBM Simon nomli ilk smartfon namoyish etildi;

- 1993-yil – Toshkentdagi Respublika O‘qituvchilar Uyi qoshida O‘zbekiston Xalq ta’limi tarixi muzeyi ochildi;

- 1996-yil – Efiopiyaga qarashli samolyot garovga olinishi oqibatida 125 nafar yo’lovchi Hind okeaniga g’arq bo’ldi;

- 2003-yil – Atirgul inqilobi: Gruziya prezidenti Eduard Shevarnadze iste’foga chiqdi;

- 2005-yil – Liberiya prezidentligiga saylangan Ellen Jonson Sirleaf Afrika davlatlari orasidagi ilk ayol rahbariga aylandi;

- 2006-yil – Iroqning Sadr shahridagi portlashda 215 kishi halok bo’ldi va 257 kishi jarohatlandi;

- 2007-yil – Argentinaning Janubiy Shetland orollari yaqinida MS Explorer sayohat kemasi aysbergga urilib, 154 nafar yo’lovchi bilan birga dengizga g’arq bo’ldi;

- 2011-yil – Arab bahori: Yaman prezidenti Ali Abdulloh Solih iste’foga chiqdi;


Tavalludlar[tahrir]

Sh. qarang: Turkum:23-noyabrda tugʻilganlar


- 870-yil – Vizantiya imperatori Aleksandr;

- 1705-yil – ingliz tarixchisi Tomas Birx;

- 1925-yil – Salvador prezidenti Xose Napoleon Duarte;

- 1967-yil – Toshkent viloyati hokimi Sodiq Abdullayev;

- 1975-yil – Turkiya terma jamoasi va Ispaniyaning Villyareal jamoasi a’zosi Nihat Qahvachi;

- 1962-yil – Venesuela prezidenti Nikolas Maduro;

- 1976-yil – turkiyalik futbol hakami Junayd Chaqir;



Vafot etganlar[tahrir]

Sh. qarang: Turkum:23-noyabrda vafot etganlar

-1842-yil – Xiva xoni Olloqulixon;

- 1890-yil – Gollandiya qiroli Uilyam III;

- 1970-yil – Singapurning birinchi prezidenti Yusuf bin Is’hoq;

- 1924-yil – Efiopiya prezidenti Amon Andom;


Havolalar[tahrir]