Kabisa yili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kabisa yil (arabcha: toʻliq) — oddiy yildan bir kun (fevral oyida) ortiq boʻlgan kalendar yil. Bunda 4 ga qoldiqsiz bo'linib 100ga qoldiqsiz bo'linmaydigan yoki 400 ga bo'linadigan yil Kabisa yildir . Yer bir yil davomida oʻz oʻqi atrofida 365 kun va 6 soat aylanadi. Shu sababdan har 4 yilda 6 soatni qoplash uchun fevral oyi 29 kun, bir yil esa 366 kun deb belgilangan.

Qadimgi Eronda yil 365 kunli (12 oy 30 kundan va yana qoʻshimcha 5 kun) boʻlib, har 120 yilda bitta qoʻshimcha oy kiritilgan. Umar Xayyom kalendarida har 33 yilning 8 yili (4, 8, 12, 16, 20, 24, 28 va 33-yillari) Kabisa yili hisoblanadi. Bunda har 4500-yilda bir sutkaga teng xato yigʻiladi. Bu esa hozir qoʻllaniladigan Grigoriy kalendaridan ham aniqroq (qarang Kalendar)[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Toshkent 2000-yil