Kontent qismiga oʻtish

2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

2024-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun rasmiy logotip
Mezbon shahar Parij, Fransiya
Millatlar 206
Atletlar 10,714
Musobaqalar 32 ta sport turi boʻyicha 329 ta
Ochilish 2024-yil 26-iyul
Yopilish 2024-yil 11-avgust
Marosimini ochib beruvchi
Stadion Jardins du Trocadéro va Seine (ochilish marosimi), Stade de France (yopilish marosimi)

2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari (fransuzcha: Jeux olympiques d'été de 2024), rasman XXXIII Olimpiada oʻyinlari (fransuzcha: Jeux de la XXXIIIe Olympiade) hisoblanadi. 2024-yilning 26-iyulidan (ochilish marosimi boʻlib oʻtadigan sana) 11-avgustigacha Fransiyada boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan xalqaro musobaqa boʻlib, baʼzi sport turlari boʻyicha bahslar 24-iyuldan start olishi rejalashtirilgan. Parij musobaqalarni asosiy qabul qiluvchi mezbon shahar hisoblanadi, bundan tashqari tadbirlar butun Fransiya boʻylab 16 ta shaharlarda, shuningdek, Fransiyaning dengiz orti mamlakati hisoblanmish Taitida va Fransuz Polineziyasida boʻlib oʻtishi koʻzda tutilgan[1].

Parij 2017-yil 13-sentyabrda Peruning Lima shahrida boʻlib oʻtgan XOQning 131-sessiyasida 33-olimpiada oʻyinlari mezbonligiga ega boʻlgan. Bir nechta cheklovlar tufayli olimpiada mezbonligi bahsida faqat Parij va Los-Anjeles shahrlari qolgan edi. Xalqaro Olimpia Qoʻmitasi (XOQ) 2024 va 2028-yilgi yozgi Olimpia oʻyinlarini bahslarda qolgan ikkita nomzod shaharga bir vaqtning oʻzida topshirishni maqsadga muvofiq deb topdi va 2024-yilgi olimpiada oʻyinlariga Parij, 2028-yilgi olimpiada oʻyinlariga [[Los]Anjeles]] shaharlari mezbonlik qiladigan boʻldi. Oʻyinlar faqat Parij va Los-Anjelesda qolib ketgan bir necha marta bekor qilinganidan soʻng, Xalqaro olimpiada qoʻmitasi. Shu tariqa 1900 va 1924-yillarda olimpiadaga mezbonlik qilgan Parij shahri uch marta yozgi Olimpia oʻyinlariga mezbonlik qilgan ikkinchi shaharga aylandi (1908, 1948 va 2012-yillardagi oʻyinlarga London mezbonlik qilgan edi). Parijda boʻlib oʻtadigan 2024-yilgi yozgi olimpiada oʻyinlari orqali shahar Parij 1924 va Chamonix 1924 ning yuz yilligini nishonlaydi. Bundan tashqari bu olimpida Fransiyada oʻtkaziladigan oltinchi Olimpia oʻyinlari hisoblanadi (uchta yozgi Olimpia oʻyinlari va uchta qishki Olimpia oʻyinlari) hamda 1992-yilda Albertvilda boʻlib oʻtgan qishki oʻyinlardan beri ilk bora qishki olimpiada Fransiyada oʻtkaziladi. 2020-yilgi Tokio Olimpiadasi COVID-19 pandemiyasi tufayli 2021-yilga qoldirilganidan soʻng Yozgi oʻyinlar anʼanaviy toʻrt yillik tizimiga qaytgan.

Parij 2024 olimpiadasida breakdancening olimpiada tadbirlarida debyuti amalga oshiriladi[2] va bu olimpiada Thomas Bachning Xalqaro Olimpia qoʻmitasi prezidentligi davrida oʻtkazilgan oxirgi Olimpiada oʻyinlari boʻladi[3]. 2024-yilgi olimpiada oʻyinlari qiymati 9 milliard yevroga teng boʻlishi kutilmoqda[4][5].

Ariza berish jarayoni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Olimpiadaga bezbonlik qilish uchun dastlabki nomzodlar Budapesht (Vengriya), Gamburg (Germaniya), Los-Anjeles (AQSH), Parij (Fransiya) va Rim (Italiya) shaharlari boʻlishgan edi[6]. 2015-yil 27-iyulgacha Boston (AQSH) shahri ham olimpiada mezbonligi uchun nomzod edi, ammo jamoatchilik qoʻllab-quvvatlamagani uchun u Los-Anjelesga almashtirildi[7][8]. Ariza berish jarayonining oxiriga kelib, 6 ta shahardan 4 tasi yaʼni Los-Anjeles va Parijdan boshqa nomzodlar, Olimpia oʻyinlarini tashkil etish hajmi, qiymati va murakkabligi bilan bogʻliq muaommolar tufayli oʻz arizalarini qaytarib olishgan[9][10][11][12][13][14]. Ushbu arizani qaytarib olishlar munosabati bilan 2017-yil 9-iyun kuni Shveytsariyaning Lozanna shahrida boʻlib oʻtgan Xalqaro Olimpia Qoʻmitasi ijroiya kengashi 2024 va 2028-yilgi Olimpia oʻyinlarining mezbon shaharlarini aniqlash boʻyicha ikki tomonlama ovoz berishni taklif qilgan[15][16]. Ushbu taklif 2017-yil 11-iyulda Lozannada boʻlib oʻtgan XOQning navbatdan tashqari sessiyasida maʼqullangan. Parij va Los-Anjelesning Olimpia qoʻmitalari 2024-yilgi oʻyinlarga qaysi shahar, 2028-yilgi oʻyinlarga qaysi shahar mezbonlik qilishini muhokama qilishgan[17]. 31-iyul kuni Los-Anjeles shahri 2028-yilgi oʻyinlarning mezboni deb eʼlon qilingan[18].

2024-yilgi Yozgi Olimpiada mezbonligi boʻyicha
tanlov natijalari
Shahar Mamlakat Natija
Parij  France 2024-yil olimpiada mezboni
Los Anjeles  AQSh 2028-yil olimpiada mezboni
Hamburg  Germaniya Arizani qaytarib oldi
Rim  Italiya
Budapesht  Vengriya

Olimpiadaga tayyorgarlik

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Olimpia oʻyinlarining aksar qismi Parij shahrida va qoʻshni Saint-Denis, Le Bourget, Nanterre, Versal va Vaires-sur-Marne shaharlarida oʻtkazilishi koʻzda tutilgan[19][20]. Basketbol boʻyicha dastlabki oʻyinlar va gandbolning pley off bahslari mezbon shahardan 225 km (140 mil) uzoqlikdagi Lill shahrida boʻlib oʻtishi, yelkanli suzish hamda baʼzi futbol oʻyinlari mezbon shahardan 777 km (483 mil) uzoqlikdagi Marselda boʻlib oʻtishi koʻzda tutilgan. Serfing musobaqalari Fransuz Polineziyasi hududidagi Teahupo qishlogʻida boʻlib oʻtishi maʼlum qilingan. Futbol bahslari yana beshta shaharda oʻtkazilishi rejalashtirilgan, bular Bordo, Desin-Charpieu (Lion), Nant, Nitsa va Sent-Eten shaharlaridur. Bu shaharlarning baʼzilarida Liga 1da bahs olib boradigan mahalliy klublar mavjud.

Grand Parij hududi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Stade de France
Paris Aquatic Centre
Porte de La Chapelle Arena
Nomi Musobaqalar Sigʻimi Holati
Yves du Manoir Stadium Chim ustida xokkey 15,000 Taʼmirlandi
Stade de France Regbi 77,083 Amalda foydalaniladi
Yengil atletika
Olimpiada yopilish marosimi
Paris La Défense Arena Suv sporti
(suzish, suv polosi)
15,220
Porte de La Chapelle Arena Badminton 8,000 Yangi qurilgan
Gimnastika
Paris Aquatic Centre[21][22] suv sporti (Suv polosi, Suvga sakrash, suzish) 5,000
Le Bourget Climbing Venue Sportcha alpinistlik(qoyaga chiqish) 5,000 Olimpiada uchun vaqtincha alpinizmga moslashtirilgan
Arena Paris Nord Boks 6,000 Amalda foydalaniladi
Zamonaviy beshkurash

Markaziy Parij hududi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Champ de Mars
Grand Palais
Les Invalides
Parc des Princes
Stade Roland Garros
Nomi Musobaqalar Sigʻimi Holati
Parc des Princes Futbol
(Guruh bahslari va final oʻyini)
48,583 Amalda foydalaniladi
Stade Roland Garros[23] Tennis 36,000
(15,000 + 12,000 + 9,000)
Boks (final oʻyinlari)
Paris Expo Porte de Versailles Voleybol 18,000
(12,000 + 12,000)
Stol tennisi
Gandbol
Ogʻir atletika
Bercy Arena Gimnastika 15,000
Basketbol (final oʻyini)
Grand Palais Qilichbozlik 8,000
Taekvando
Place de la Concorde Basketbol (3x3) 30,000 Olimpiada uchun vaqtinchalik moslashtirilgan
Breaking
Velosport
Skeytbording
Hôtel de Ville Yengil atletika 1,500
Pont Alexandre III Suv sporti
Triatlon
Velosport
Trocadéro (Pont d’Iéna) Yengil atletika 13,000
(3,000 sitting)
Velosport
Eiffel Tower Stadium (Champ de Mars) Plyaj voleyboli 12,000
Grand Palais Éphémère Dzyudo 9,000
Wrestling
Les Invalides Kamondan oʻq uzish 8,000
Yengil atletika
Velosport

Versal hududi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Le Golf National
Vélodrome de Saint-Quentin-en-Yvelines
Château de Versailles
Vaires-Torcy Nautical Centre
Nomi Musobaqalar Sigʻimi Holati
Versal saroyi Equestrian 80,000
(22,000 + 58,000)
Olimpiada uchun vaqtinchalik moslashtirilgan
Zamonaviy beshkurash
Le Golf National Golf 35,000 Amalda foydalaniladi
Élancourt Hill Velosport 25,000
Vélodrome de Saint-Quentin-en-Yvelines Velosport 5,000
Velosport (BMX) 5,000

Chekka hududlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Parc Olympique Lyonnais
Roucas Blanc Olympic Marina, Marseille
Nomi Musobaqalar Sigʻimi Holati
Pierre Mauroy Stadium, Lille Basketbol (guruh bosqichi) 26,000 Amalda foydalaniladi
Gandbol (final)
National Olympic Nautical Stadium of Île-de-France [fr], Vaires-sur-Marne Eshkak eshish 22,000
Kanoye (slalom, sprint)
Stade Vélodrome, Marseille Futbol
(6 ta guruh bosqichi, chorak finallar, yarim finallar)
67,394
Parc Olympique Lyonnais, Lyon Football
(6 ta guruh bosqichi, chorak final, yarim finallar, ayollar oʻrtasida 3-oʻrin uchun bahs)
59,186
Stade Matmut Atlantique, Bordeaux Futbol
(6 guruh bosqichi, chorak finallar)
42,115
Stade Geoffroy-Guichard, Saint-Étienne Futbol
(6 ta guruh bosqichi)
41,965
Allianz Riviera, Nice Futbol
(6 ta guruh bosqichi)
35,624
Stade de la Beaujoire, Nantes Futbol
(6 ta guruh bosqichi, chorak finallar, erkaklar oʻrtasida 3-oʻrin uchun bahs)
35,322
Roucas Blanc Olympic Marina [fr], Marseille Yelkanli suzish 5,000
Teahupo'o, Tahiti Syorfing 5,000
National Shooting Centre, Châteauroux oʻq otish 3,000

Bellashuvlar boʻlmaydigan obyektlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Nomi Tadbirlar Sigʻim Holat
Jardins du Trocadéro va Seine Ochilish marosimi 330,000
(30,000 + 300,000)
Olimpiada uchun vaqtincha moslashtirilgan
L'Île-Saint-Denis Olimpiachilar uchun mahsus hudud 18,000 Yangi qurilgan
Aranui 5 Syorfing olimpia hududi 256 Amalda foydalaniladi
Parc de l’Aire des Vents, Dugny OAVlar uchun mahsus hudud Olimpiada uchun vaqtinchalik moslashtirilgan
Le Bourget Exhibition Centre and Media Village [fr], Le Bourget Xalqaro radioeshittirish markazi 15,000 Amalda foydalaniladi
Paris Congress Centre Asosiy matbuot markazi
Polygone de Vincennes [fr] Velosportchilar uchun mashgulot markazi

Parijliklarning dastlabki logotipi turli xil rangdagi Eyfel minorasi boʻlgan[24][25]. Parijdagi Royalties Eco-Branding dizayn studiyasi[26] tomonidan ishlab chiqilgan yangi logotip 2019-yil 21-oktabrda Gran-Rexda taqdim etilgan[25]. Logotipda oltin medal ichidagi Olimpia olovi va Fransiya Respublikasi ramzi Mariannaning lablari tasvirlangan, bu 1900-yilda Parijda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpia oʻyinlarida birinchi marta qatnashgan ayollarga hurmat ramzi hisoblangan. Tasvir ostida art-deco uslubida yozilgan „Parij 2024“ yozuvi mavjud[24].

2024-yilgi Olimpiya o‘yinlarining tashkiliy qo‘mitasi[en] 2022-yil 14-noyabrda Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarining timsollarini taqdim etgan. Ular Frig[27][28] nomli Frigiya qalpoqlari boʻlgan. Qoʻmita raisi Toni Estangening soʻzlariga koʻra, qalpoq Fransiya Respublikasining yorqin ramzi boʻlib, „fransuz xalqi uchun u ozodlikni anglatadi“. Timsollar „Yolgʻiz biz tezroq boramiz, lekin birgalikda uzoqroqqa boramiz“ shiori bilan taqdim etilgan[27][29].

2022-yil 25-iyulda Olimpia oʻyinlari tashkiliy qoʻmitasi olimpiada shiorini taqdim etgan – „Hamma uchun ochiq oʻyinlar“(inglizcha: Games Wide Open, fransuzcha: Ouvrons grand les jeux)[30][31][32][33][34]. Shior gender tengligini (5250 nafar sportchi) va yangi sport turlari uchun ochiqlikni nazarda tutishi taʼkidlangan (Oʻyinlarda birinchi marta breakdans musobaqalari oʻtkazilishi nazarda tutilgan)[30][34]. Shior 2024-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ham qoʻllaniladi[35][34].

Sport turlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yilgi Olimpiada oʻyinlari dasturida 32 ta sport turi boʻyicha oʻtkazilishi koʻzda tutilgan. Oʻyinlar dasturi va umumiy konsepsiyasini takomillashtirish uchun 28 ta asosiy olimpiya sport turiga qoʻshimcha sifatida quyidagilar tanlangan: inklyuziv, gender muvozanatli va yoshlar uchun moʻljallangan oʻyinlar, breakdancing, qoyaga chiqish, skeytbord va syorfing[36].

Ishtirok etuvchi milliy olimpiya qoʻmitalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyida 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun kamida bitta sportchiga yoʻllanma olgan Milliy Olimpiya qoʻmitalari roʻyxati keltirilgan. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan XOQ Rossiya va Belarus Olimpiya qoʻmitalarini Olimpiya shartlarini buzgani uchun ularni XXXIII yozgi olimpiada oʻyinlarida ishtirok etishini taqiqlagan. XOQ rossiyalik va belaruslik sportchilarni agar urushni „faol“ qoʻllab-quvvatlamasalar[37][38], milliy identifikatsiyasisiz „Yakka neytral sportchilar“ sifatida olimpiadada ishtirok etishlariga ruhsa berdi[39]. Yakka neytral sportchilar har bir sportning xalqaro federatsiyasi, undan tashqari XOQ kengashi tomonidan tasdiqlanishi kerakligi belgilangan[40]. Yakka sportchilar sifatida ular ochilish marosimida yoki medallar jadvalida delegatsiya deb hisoblanmasligi belgilab qoʻyilgan[41][42][43]. Shu tariqa 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida jami 206 ta olimpiya terma jamoasi ishtirok etadigan boʻlgan, ulardan 54 tasi Afrikadan, 48 tasi Yevropadan, 44 tasi Osiyodan, 41 tasi Amerikadan, 17 tasi Okeaniyadan, bundan tashqari yakka neytral sportchilar va qochoqlar olimpiya terma jamoasi ham shu qatorga kiradi.

Ishtirok etuvchi milliy olimpiya qoʻmitalari

Milliy olimpiya qoʻmitalari tomonidan qatnashadigan sportchilar soni

24-iyul, 2024-yil(2024-07-24) holatiga koʻra

Bu rasmiy jadval, ammo aniq jadval oʻyinlar oxirigacha oʻzgarishi mumkin[44].

OC Ochilish marosimi Musobaqalar 1 Oltin medal uchun oʻyinlar CC Yopilish marosimi
Iyul/Avgust 2024 Iyul Avgust Tadbirlar
24

Chor

25

Pay

26

Jum

27

Shan

28

Yak

29

Dush

30

Sesh

31

Chor

1

Pay

2

Jum

3

Shan

4

Yak

5

Dush

6

Sesh

7

Chor

8

Pay

9

Jum

10

Shan

11

Yak

Musobaqalar OC CC N/A
Suv sporti Sinxron suzish 1 1 2
Shoʻngʻish 1 1 1 1 1 1 1 1 8
Suzish marafoni 1 1 2
Suzish 4 3 5 3 5 4 3 4 4 35
Suv polosi 1 1 2
Kamondan oʻq otish 1 1 1 1 1 5
Yengil atletika 2 1 5 3 4 5 5 5 8 9 1 48
Badminton 1 1 1 2 5
Basketbol Basketbol 1 1 2
3×3 Basketbol 2 2
Boks 1 2 2 4 4 13
Breaking 1 1 2
Kanoe Slalom 1 1 1 1 2 6
Sprint 3 4 3 10
Velosport Ochiq yoʻlda 2 1 1 4
Yopiq markazda 1 1 2 2 2 1 3 12
BMX 2 2 4
Togʻ velosporti 1 1 2
Ot sporti
Dressage 1 1 2
Eventing 2 2
sakrash 1 1 2
Qilichbozlik 2 2 2 1 1 1 1 1 1 12
Chim ustida xokkey 1 1 2
Futbol 1 1 2
Golf 1 1 2
Gimnastika Badiiy 1 1 1 1 3 3 4 14
Ritmik 1 1 2
Tramplin 2 2
Gandbol 1 1 2
Dzyudo 2 2 2 2 2 2 2 1 15
Zamonaviy beshkurash 1 1 2
Eshkak eshish 2 4 4 4 14
Regbi 1 1 2
Yelkanli suzish 2 2 2 2 2 10
Oʻq otish 1 2 2 2 1 1 1 2 1 2 15
Skateboarding 1 1 1 1 4
Qoyaga chiqish 1 1 1 1 4
Syorfing 2 2
Stol tennisi 1 1 1 1 1 5
Taekvando 2 2 2 2 8
Tennis 1 2 2 5
Triatlon 1 1 1 3
Voleyboll 1 1 2
Voleybol 1 1 2
Ogʻir atletika 2 2 2 3 1 10
Kurash 3 3 3 3 3 3 18
Kunlik medal musobaqalari 14 13 18 12 19 18 23 27 20 18 15 21 25 34 39 13 329
Jami 14 27 45 57 76 94 117 144 164 182 197 218 243 277 316 329
Iyul/Avgust 2024
24

Chor

25

Pay

26

Jum

27

Shan

28

Yak

29

Dush

30

Sesh

31

Chor

1

Pay

2

Jum

3

Shan

4

Yak

5

Dush

6

Sesh

7

Chor

8

Pay

9

Jum

10

Shan

11

Yak

Jami tadbirlar
Iyul Avgust
  1. Butler, Nick „Paris 2024 to start week earlier than planned after IOC approve date change“. Inside the Games (2018-yil 7-fevral). 2020-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-fevral.
  2. Keicha. „Kenya To Send Break Dancers To Paris For 2024 Olympic Games“ (en-US). Boxscore (2020-yil 19-dekabr). 2023-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-mart.
  3. Dunbarap, Graham. „Thomas Bach re-elected as IOC president until 2025“ (en). Associated Press (2021-yil 10-mart). 2022-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-iyul.
  4. „France makes multibillion-euro gamble on Olympic gold“. Inside the Games.
  5. Nussbaum, Ania. „Macron's $8.5 Billion Olympics Is Already Facing Soaring Costs“ (en-US). Bloomberg (2022-yil 26-iyul). 2022-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-yanvar.
  6. „За проведение Олимпиады-2024 поборются пять городов“ (ru). Русская служба Би-би-си (2015-yil 16-sentyabr). 2022-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-iyul.
  7. „Boston ends bid for 2024 Olympic and Paralympic Games“ (en). BBC News (2015-yil 27-iyul). 2015-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-iyul.
  8. „Los Angeles is US candidate for 2024 Olympics after Boston bid crumbles“ (en). The Guardian (2015-yil 1-sentyabr). 2022-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-iyul.
  9. „Olympics: IOC crowns Paris 2024, Los Angeles 2028 in unique double“ (en). Рейтер (2017-yil 13-sentyabr). 2022-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-iyul.
  10. International Olympic Committee (2015-yil 16-sentyabr). „Five world-class cities in strong competition for Olympic Games 2024 – IOC to contribute USD 1.7 billion to the local organising committee“. Press-reliz.
  11. „Rome 2024 Olympic bid collapses in acrimony“. BBC News (2016-yil 21-sentyabr). 2016-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  12. „2024 Olympics: Budapest to drop bid to host Games“. BBC Sport (2017-yil 22-fevral). 2017-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  13. Mather, Victor. „Budapest Withdraws Bid to Host 2024 Summer Olympics“. The New York Times (2017-yil 22-fevral). 2017-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-fevral.
  14. Wharton, David.. „Budapest to withdraw bid for 2024 Olympics, leaving L.A. and Paris as only contenders“. Los Angeles Times (2017-yil 22-fevral). 2017-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-fevral.
  15. „Meeting of the IOC Executive Board in Lausanne – Information for the media“. Olympic.org (2017-yil 19-may). 2017-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  16. Butler, Nick „IOC Executive Board approve joint awarding plans for 2024 and 2028 Olympics“. Inside the Games (2017-yil 9-iyun). 2017-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-yanvar.
  17. Livingstone, Robert. „Bach Says Paris and LA Mayors Are 'Optimistic' About Agreement After Initial Discussions“. gamesbids.com (2017-yil 12-iyul). 2017-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-yanvar.
  18. „Details emerge in deal to bring 2028 Summer Olympics to Los Angeles“ (en). Los Angeles Times (2017-yil 31-iyul). 2018-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-iyul.
  19. „Paris 2024 Competition Venue Concept Map“ (en). Paris 2024. 2024-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-mart.
  20. „Paris 2024 Les Sites des Compètition“ (fr). Paris 2024. 2024-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-mart.
  21. „JO de Paris 2024: voici à quoi ressemblera le futur centre aquatique de Saint-Denis“ [Paris 2024 Olympics: this is what the future aquatic centre in Saint-Denis will look like] (French). leparisien.fr (2020-yil 29-aprel). 2021-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-aprel.
  22. Levy, Theo. „The Aquatics Centre: an Olympic Class Complex for the People of Seine Saint Denis“ (2020-yil 12-iyun). 2022-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-avgust.
  23. „Roland-Garros 2024: A retractable roof on Court Suzanne-Lenglen“ (en-us). Roland-Garros (2021-yil 1-iyun). 2021-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-iyul.
  24. 24,0 24,1 „Olympic flame or dating ad? Paris 2024 logo divides opinion“ (en). BBC News (2019-yil 22-oktyabr). 2021-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
  25. 25,0 25,1 „Olympics logo or dating app? Paris 2024 image prompts mockery.“ (en). The Washington Post (2019-yil 23-oktyabr). 2020-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
  26. „The 10 biggest rebrands and logo designs of 2019“ (en). Design Week[en] (2019-yil 6-dekabr). 2023-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-avgust.
  27. 27,0 27,1 „Meet the Phryges: Paris 2024 Olympic and Paralympic mascots unveiled“ (en). The Guardian (2022-yil 14-noyabr). 2022-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-noyabr.
  28. „Оргкомитет летней Олимпиады-2024 в Париже представил талисман соревнований“ (ru). Спорт-Экспресс (2022-yil 14-noyabr). 2022-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-noyabr.
  29. „Знакомься с олимпийским и паралимпийским Фрижами. Все о талисманах Парижа-2024“ (ru). Международный олимпийский комитет (2022-yil 14-noyabr). 2022-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-noyabr.
  30. 30,0 30,1 „"Широко открытые Игры": объявлен слоган Олимпиады-2024 в Париже“ (ru). Euronews (2022-yil 26-iyul). 2022-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-oktyabr.
  31. „«Широко открытые Игры». Стал известен слоган Олимпиады-2024 в Париже“ (ru). Спорт-Экспресс (2022-yil 25-iyul). 2022-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-oktyabr.
  32. „New Paris 2024 slogan “Games wide open” welcomed by IOC President“ (en). Международный олимпийский комитет (2022-yil 25-iyul). 2022-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-oktyabr.
  33. „'Games Wide Open' revealed as slogan for 2024 Paris Olympics“ (en). The Straits Times (2022-yil 26-iyul). 2022-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-oktyabr.
  34. 34,0 34,1 34,2 „"Ouvrons grand les Jeux" : voici le slogan officiel des Jeux olympiques et paralympiques de Paris 2024“ (fr). France Info[en] (2022-yil 25-iyul). 2022-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-oktyabr.
  35. „The official slogan for the Olympic and Paralympic Games Paris 2024: Games Wide Open“ (en). Международный олимпийский комитет (2022-yil 26-iyul). 2022-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-oktyabr.
  36. „Olympic Sports“. www.paris2024.org. 2021-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-avgust.
  37. „Statement on solidarity with Ukraine, sanctions against Russia and Belarus, and the status of athletes from these countries“. Olympics.com (2023-yil 25-yanvar). 2023-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 1-yanvar.
  38. „Sports bodies urge IOC to allow Russians as neutrals for 2024 Olympics“. insidethegames.biz (2023-yil 6-dekabr). 2023-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-aprel.
  39. „Russia still banned, but "things change", says Sebastian Coe“. insidethegames.biz (2023-yil 20-dekabr). 2023-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-aprel.
  40. „Russia still banned, but "things change", says Sebastian Coe“. insidethegames.biz (2023-yil 20-dekabr). 2023-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-aprel.
  41. „Russian, Belarusian athletes will not take part in Paris Olympics opening ceremony“. France 24 (2024-yil 19-mart). 2024-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-mart.
  42. „Paris 2024 Olympics: Russia & Belarus athletes will not be part of opening ceremony“ (en-GB). BBC Sport (2024-yil 19-mart). 2024-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-mart.
  43. Daffunchio Picazo, Raúl. „Paris 2024: Flag, anthem and rules for Individual Neutral Athletes approved“. Inside the Games (2024-yil 5-mart). 2024-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-mart.
  44. „OLYMPIC SCHEDULE“. 2024-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-mart.