Kontent qismiga oʻtish

Yengil atletika 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yengil atletika
XXXIII Olimpiada oʻyinlarida
ArenaStade de France (trek va maydon musobaqalari)
Pont d'Iéna (sportcha yurish)
Hôtel de Ville va Les Invalides (Marafon)
Sanalar2024-yil 1–11-avgust
No. of events48
Ishtirokchilar1,810
← 2020
2028 →

Parijdagi 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida yengil atletika musobaqalari 2024-yilning 1-11-avgust kunlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan boʻlib, unda 3 ta alohida toʻplam: trek va maydon bahslari, yoʻlak musobaqalari va sportcha yurish boʻyicha jami 48 ta medallar jamlanmasi oʻynaladi[1]. Musobaqalar umumiy 4 ta hududda, jumladan, sportcha yurish bahslari Pont d'Iéna koʻprigida, marafon poygalarining start va finish nuqtalari mos ravishda Hôtel de Ville va Les Invalides majmuasida, trek va maydon musobaqalari esa Stade de France stadionida oʻtkaziladi.

Sportchilar erkaklar va ayollar oʻrtasida bir xil miqdorda taqsimlangan musobaqa medallari uchun oʻyin olib boradilar. Olimpiya oʻyinlari tarixida ilk marotaba aynan ushbu musobaqada medallar har ikki jins vakillari oʻrtasida teng taqsimlandi. Gender tengligini saqlash maqsadida erkaklar oʻrtasida 50 kilometrga yugurish bahslari oʻrnida sportcha yurish boʻyicha erkaklar va ayollar oʻrtasida aralash marafon estafeta oʻyinlari oʻtkaziladi[2].

Yengil atletika dasturidagi yana bir muhim oʻzgarish sifatida 200 metrdan 1500 metrgacha boʻlgan barcha yakka tartibdagi trek bahslari va toʻsiqlar osha yugurish musobaqalaridan (erkaklar oʻrtasida 110 m, ayollar oʻrtasida 100 m va 400 metrga aralash) keyingi qoʻshimcha tur oʻtkaziladi. Bu oʻzgarish ishtirokchilar uchun keng imkoniyat beradi va sportchilar yarim final bosqichiga chiqish uchun ikkinchi imkoniyatga ega boʻladilar. Ushbu format 1-davra bahslarida toʻgʻridan-toʻgʻri saralash oʻyinlaridan (S) tashqari umumiy koʻrsatkichda eng tez natijani qayd etgan (s) sportchilarning avvalgi tizimini almashtiradi[3].

Sport inshootlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Trek va maydon yoʻnalishi boʻyicha musobaqalar Stade de France stadionida, sportcha yurish bahslari esa Pont d’Iena koʻprigida boʻlib oʻtadi[4]. Marafon poygalari Hôtel de Ville shahar hokimiyatida boshlanib, Les Invalidesda majmuasida tugaydi. Marafon ishtirokchilari shaharning eng koʻzga koʻringan joylari va Olimpiya oʻyingohlarini boʻylab yugurishadi[5].

Schedule[6][7]
Erkaklar
Sana 1.10 2.10 3.10 4.10 5.10 6.10 7.10 8.10 9.10 10.10 11.10
Musobaqa M E M E M E M E M E M E M E M E M E M E M E
100 m P H ½ F
200 m H R ½ F
400 m H R ½ F
800 m H R ½ F
1500 m H R ½ F
5000 m H F
10,000 m F
110 m hurdles H R ½ F
400 m hurdles H R ½ F
3000 m steeplechase H F
4 × 100 m relay H F
4 × 400 m relay H F
Marathon F
20 km walk F
High jump Q F
Pole vault Q F
Long jump Q F
Triple jump Q F
Shot put Q F
Discus throw Q F
Hammer throw Q F
Javelin throw Q F
Decathlon F
Ayollar
Date 1 Aug 2 Aug 3 Aug 4 Aug 5 Aug 6 Aug 7 Aug 8 Aug 9 Aug 10 Aug 11 Aug
Event M E M E M E M E M E M E M E M E M E M E M E
100 m P H ½ F
200 m H R ½ F
400 m H R ½ F
800 m H R ½ F
1500 m H R ½ F
5000 m H F
10,000 m F
100 m hurdles H R ½ F
400 m hurdles H R ½ F
3000 m steeplechase H F
4 × 100 m relay H F
4 × 400 m relay H F
Marathon F
20 km walk F
High jump Q F
Pole vault Q F
Long jump Q F
Triple jump Q F
Shot put Q F
Discus throw Q F
Hammer throw Q F
Javelin throw Q F
Heptathlon F
Aralash
Date 2 Aug 3 Aug 7 Aug
Event M E M E M E
4 × 400 m relay H F
Marathon race walking mixed relay F
  1. „Paris 2024 – Athletics“. Paris 2024. Qaraldi: 2022-yil 27-dekabr.
  2. Houston, Michael. „Mixed team race walking to debut at Paris 2024 Olympics“. Inside the Games (2021-yil 11-iyun). 2023-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-dekabr.
  3. „World Athletics to introduce repechage round at Paris 2024 Olympic Games“. World Athletics (2022-yil 25-iyul). Qaraldi: 2022-yil 27-dekabr.
  4. „Paris 2024 – Athletics“. Paris 2024. Qaraldi: 2022-yil 27-dekabr.
  5. „Paris 2024 marathon route revealed: A challenging race through history and incredible monuments“. International Olympic Committee (2022-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 27-dekabr.
  6. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named olympic-schedule
  7. „Paris 2024 Olympic Competition Schedule – Athletics“ (PDF). Paris 2024 6–9. Qaraldi: 2022-yil 27-dekabr.