Stol tennisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Stol tennisi yoki Ping-pong – kichik koptok va raketkalar bilan stolda oʻynaladigan sport oʻyini. Sharqiy Osiyoda paydo boʻlgan. 20-asrning 20y.laridan koʻp mamlakatlarga tarqalgan. Dastlab „pingpong“ (fransuzcha: pingpong— koptokning raketka va stolga urilishida chiqadigan ovoz) deb atalgan. Stol tennisi uchun, odatda, stol oʻlchami 152,5x274,3 sm; balandligi. 76 sm; to'ri 183x 15,25 sm boʻladi. Yogʻoch raketkaning yuziga rezina plastina qoplanadi. Koptok oq plastikadan yasaladi, diametri 37,2—38,2 mm, ogʻirligi 2,4—2,53 g. Oʻyin maydonchasining oʻlchami 6—7 x 12–14 m. Rasmiy musobaqalar sport zallarida oʻtkaziladi: erkaklar va ayollar – jamoa boʻlib, yakka holda va juftlikda hamda aralash juftlikda musobaqalashadilar. Oʻyin 3 yoki 5 partiyadan oʻynaladi. Oʻyinchilardan biri 11 ochko toʻplasa, u gʻolib hisoblanadi. Agar hisob 10:10 boʻlib qolsa, unda oʻyinchilardan biri 2 ochko ortiq toʻplaguncha oʻyin davom ettiriladi. Stol tennisi Xalqaro federatsiyasi (ITTF, 1926-yil tashkil etilgan) 130 dan ortiq milliy federatsiyani birlashtiradi. 1926-yildan har 2 yilda jahon birinchiligi oʻtkaziladi, 1988-yildan Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan[1]

Oʻzbekistonda Stol tennisi keng ommalashgan. Oʻzbekiston chempionati va kubogi musobaqalari muntazam oʻtkazib turiladi. Oʻzbekiston Stol tennisi federatsiyasi 1993-yil ITTFga aʼzo boʻlib kirgan. Oʻzbekistonlik Manzura Inoyatova, Saida Burhonxoʻjayeva, Svetlana Geta jahon chempionatida (Doxa sh., Qatar, 2004-yil mart) 1oʻrinni olib, oltin medallar bilan taqdirlanishdi. Ular bilan birga Nodira Burhonxoʻjayeva, Madina Ayupova ham bir qancha xalqaro turnirlarda gʻolib boʻlishgan.

Ping-pong yoki stol tennisi uchun ishlatiladigan toʻplam 2,74 gramm va 40mm diametri bilan tortilgan, selüloid yoki shunga oʻxshash plastikdan yasalgan. Qiziqarli haqiqat: 2000 yil oldin toʻplari havo qarshilik oshirish va tomoshabinlar yaxshi koʻrish mumkin, shunday qilib, oʻyin tezligini olish maqsadida, Sidney Olimpiada oʻyinlarida 38mm bilan almashtirildi, deb edi 40mm haqida edi oʻyin va shu sababli uning mashhurligini oshiradi.



Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Tennis stolining asosiy parametrlari.