Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi prezidentlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi Prezidenti Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi aʼzolari tomonidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan 8 yil muddatga saylanadi, bundan keyin 4 yillik muddatga qayta saylanish imkoniyati mavjud.

Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi Prezidenti barcha sohalarda ushbu tashkilot faoliyatiga rahbarlik qiladi.

Prezidentlarga oid faktlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baron Pyer de Kuberten 1925—1937-yillarda Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi faxriy prezidenti boʻlgan.

Graf Anri de Baye-Latur Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi qarorgohida vafot etgan.

Everi Brendej hozirga qadar yevropalik boʻlmagan yagona prezident. Avval olimpiadada sportchi sifatida ishtirok etgan dastlabki prezident.

Markiz Xuan Antonio Samaranch prezidentlik davrida ikki bora Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. 2001—2010-yillarda Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi faxriy prezidenti.

Graf Jak Rogge 1968-, 1972- va 1976-yilgi olimpiyadalarda sportchi sifatida ishtirok etgan. 2013-yildan Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi faxriy prezidenti.

Tomas Bax Olimpiyadada chempioni boʻlgan birinchi prezident (qilichbozlik boʻyicha 1976-yilgi Olimpiyada gʻolibi). Oʻzbekistonga 2015-yili tashrif buyurgan.[1][2]

Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi Prezidentlari
Prezident Mamlakat Prezidentlik davri
Demetrius Vikelas  Gretsiya 1894-1896
Baron Pyer de Kuberten  Fransiya 1896-1916 va 1919-1925
Baron Godfrua de Blone   Shveysariya 1916-1919 (v.b.)
Graf Anri de Baye-Latur  Belgiya 1925-1942
Zigfrid Edstryom  Shvetsiya 1946-1952 (v.b.1942-1946)
Everi Brendej  AQSh 1952-1972
Lord Maykl Killanin  Irlandiya 1972-1980
Markiz Xuan Antonio Samaranch  Ispaniya 1980-2001
Tomas Bax  Belgiya 2001-2013
Graf Jak Rogge  Germaniya 2013-…

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax Toshkentga keldi“. kun.uz (15-iyun 2015-yil). Qaraldi: 8-avgust 2022-yil.
  2. ; Farhod Turdiyev; Munavvarxon Rasulova"Olimp sari" (oʻzbek). "Navro'z" nashriyoti — 45 bet. ISBN 978-9943-381-37-7.