1914-yilgi Indianapolis 500

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
4th Indianapolis 500
Indianapolis Motor Speedway
Indianapolis 500
Sanksiya qiluvchi organ AAA
Sana May 30, 1914
Gʻolib René Thomas
Gʻolib jamoa Delage
Oʻrtacha tezlik 82.474 mph (132.729 km/h)
Pole natijasi Jean Chassagne
Pole tezligi Grid set by blind draw
Eng tez aylanish René Thomas (102)
Musobaqa oldidan
Eng tez avtomashina Stoddard-Dayton
Eng tez poygachi Carl G. Fisher
Starter Thomas J. Hay[1]
Faxriy hakam John A. Wilson[1]
Muxlislar 110,000[2]
Xronologiya
oldingisi keyingisi
1913 1915

1914-yil 30-may, shanba kuni Indianapolis 4-xalqaro 500 millik poygasi boʻlib oʻtdi. Rene Thomas yordamchi mexanik Robert Lally hamrohligida poyga g‘olibi bo‘ldi.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlabki davr[tahrir | manbasini tahrirlash]

Indianapolis Motor Speedway 1909-yilda ochilgan va trassadagi birinchi motorsport poygasi oʻsha yilning avgust oyida boʻlib oʻtgan[3]. 1909-yilda bir qator avtomobil poygalari boʻlib oʻtdi, ammo koʻplab baxtsiz hodisalardan, jumladan, oʻlimlardan keyin poyganing holati haqida xavotirlar paydo boʻldi[4]. Trassa Karl G. Fisher va Indianapolis Motor Speedway korporatsiyasi tomonidan katta xarajat evaziga qaytadan yotqizildi va keyingi poygalar 1910-yilda boʻlib oʻtdi. Fisher bu poygalarda tomoshabinlar kamayib borayotganidan xavotirda edi va 500 milya poyga tashkil etishga qaror qildi. Poygalar ikki baravarga oshirildi. Birinchi o‘rin uchun mukofot 25 000 dollar bo‘lishini eʼlon qildi. Bu boshqa poygalardan 10 barobar ko‘proq mukofot edi[5]. Umumiy mukofot jamgʻarmasi 85 000 dollarni tashkil etdi. Fisherning rejalari oʻz samarasini berdi va 1911-yilgi Indianapolis 500 ning ochilish marosimida gazetalar poygada 80 000 dan ortiq odam qatnashganini xabar qildi[6]. Dastlabki ikkita poyganing har birida amerikaliklar gʻalaba qozonishgan. 1911-yilda Ray Harroun va 1912 yilda Joe Dawson. 1913-yilda katta mukofot jamgʻarmasi Yevropa jamoalari va poygachilarni jalb qildi. Poygada Peugeotd jamoasi va Jules Goux gʻolib chiqdi[6].

Qoidalarning oʻzgarishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1913-yilgi poyga paytida Goux va uning yordamchi mexanigi har bir pit-stopda 4/5 pint shampan ichgan[7]. 1914-yilda poyga paytida spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish taqiqlangan. Yordamchi mexanilar 1914-yilgi poyga uchun majburiy edi[8]. Dvigatelning maksimal hajmi oʻzgarishsiz qoldi 450 kub inch.

Hisobot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saralash sinovlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jorj Boillot eliminatsiya sinovlari davomida

Musobaqa uchun 45 ta ishtirokchi bor edi, biroq saralash sinovlarida eng tezkor 30 nafar haydovchigina poygada qatnashish huquqiga ega boʻladi. Sinovlarning birinchi kuni dushanba kuni poyga oldidan, 25-may kuni yakunlandi. Kaleb Bragg birinchi kundagi eng tez rasmiy vaqtni oʻrnatdi. Natija 1:36,8 ni tashkil etdi. Olomonning sevimlisi Ralf DePalma oʻzining Mersedes mashinasida kurash olib bordi va 1:47,4 tezlikni qayd etdi.

Ikkinchi kunning oxiriga kelib, 21 haydovchi tezlik sinovidan oʻtdi va DePalma, Eddie Pullendan tashqari hamma vaqt 1:45 dan past boʻldi.

Klassifikatsiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saralash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Poz No. Poygachi Vaqt
1 7  Boillot, GeorgesGeorges Boillot (FRA) 1:30.17
2 6  Goux, JulesJules Goux (FRA) 1:31.71
3 8  Tetzlaff, TeddyTeddy Tetzlaff (USA) 1:33.4
4 16  Thomas, RenéRené Thomas (FRA) 1:35.2
5 26  Dawson, JoeJoe Dawson (USA) 1:36.2
6 25  Carlson, BillyBilly Carlson (USA) 1:36.4
7 21  Bragg, CalebCaleb Bragg (USA) 1:36.8
8 19  Wishart, SpencerSpencer Wishart (USA) 1:37.1
9 9  Christiaens, JosefJosef Christiaens (BEL) 1:38.67
10 4  Wilcox, HowdyHowdy Wilcox (USA) 1:39.16
11 24  Andersen, GilGil Andersen (NOR) 1:39.46
12 17  Burman, BobBob Burman (USA) 1:39.55
13 14  Duray, ArthurArthur Duray (BEL) 1:40
14 31  Knipper, BillyBilly Knipper (USA) 1:40.48
15 43  Haupt, WillieWillie Haupt (USA) 1:40.68
16 10  Guyot, AlbertAlbert Guyot (FRA) 1:40.95
17 12  Chassagne, JeanJean Chassagne (FRA) 1:41.01
18 23  Mulford, RalphRalph Mulford (USA) 1:42.03
19 42  Rickenbacker, EddieEddie Rickenbacker (USA) 1:42.11
20 18  DePalma, RalphRalph DePalma (ITA) 1:42.12
21 2  Cooper, EarlEarl Cooper (USA) 1:42.25
22 48  Brock, S. F.S. F. Brock (USA) 1:42.47
23 34  Friderich, ErnestErnest Friderich (FRA) 1:42.59
24 38  Chandler, BillyBilly Chandler (USA) 1:42.81
25 3  Oldfield, BarneyBarney Oldfield (USA) 1:43.15
26 13  Mason, GeorgeGeorge Mason (USA) 1:43.22
27 5  Keene, CharlesCharles Keene (USA) 1:43.6
28 15  Klein, ArtArt Klein (USA) 1:43.6
29 1  Disbrow, LouisLouis Disbrow (USA) 1:43.7
30 27  Grant, HarryHarry Grant (USA) 1:44.09

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Fox, Jack C.. The Illustrated History of the Indianapolis 500 1911-1994, 4th (en), Carl Hungness Publishing, 1994 — 22 bet. ISBN 0-915088-05-3. 
  2. Hyman, Herbert R.. „110,000 Cheer Winner In Race“ (1914-yil 31-may), s. 1. Qaraldi: 2017-yil 3-iyun.Andoza:Open access
  3. Kramer 2009, p. 29.
  4. Kramer 2010, p. 12.
  5. Kramer 2010, pp. 12-17.
  6. 6,0 6,1 Kramer 2010, p. 18.
  7. Miller, Denny. Indianapolis Motor Speedway- the Eddie Rickenbacker Era. AuthorHouse, 2020 — 30 bet. ISBN 9781665501446. 2022-yil 3-iyunda qaraldi. 
  8. Blazier, John E.. Forgotten Heroes of the Speedways: The Riding Mechanics, 1994.