1941-yil 30-may, juma kuni Indianapolis 500ning 29-Xalqaro poygasi boʻlib oʻtdi. Poyga oʻtkaziladigan kun ombor maydonini qamrab olgan yongʻin tufayli poyga boshlanishi kechiktirildi. Hech kim jabrlanmagan, biroq bitta mashina vayron boʻlgan edi. Poyga 31 ta mashina bilan boshlandi (keyinchalik boshqa ishtirokchilar qoʻshilgan) va belgilangan masofa boʻyicha oʻtkazildi. Amerika Qoʻshma ShtatlariIkkinchi Jahon urushidagi ishtiroki boshlanishi bilan poygalar ham oʻtkazilmay qoʻyildi. Indianapolis 500 faoliyati 1946-yilgacha toʻxtatildi.
Poyga kuni ertalab garaj hududida yongʻin chiqdi. George Barringerning orqa dvigatelli mashinasi yonib ketdi. Oʻsha paytda mashinaning yonilgʻisi (benzin bilan) boʻlgan. Yaqin atrofdagi garajda Joel Thornega payvandchi bilan ishlayotgan edi. Payvandlash paytida uchqunlar chiqib katta yong‘in sodir bo‘lhan va garajlarning janubiy qismining uchdan bir qismi yonib ketdi. Poyga boshlanishi bir necha soatga kechiktirildi va oʻt oʻchiruvchilar poyga kunidagi tirbandlik tufayli yongʻinni oʻchirish uchun Speedwayga yetib borishda qiynaldi. Barringerning mashinasi olib qoʻyildi va u 32-oʻrinni egalladi. Sam Hanks and Barringerning chiqib ketishi tufayli poygada atigi 31 ta mashina qatnashdi.
Ikki karra amaldagi chempion (va umumiy hisobda uch karra gʻolib) Wilbur Shaw 152-davrada peshqadamlik qildi. Ammo kutilmaganda halokatga uchradi. 2022-yil holatiga koʻra, hech bir haydovchi ketma-ket uch yil Indianapolis 500 gʻolibi boʻlmagan. Wilbur Shawning mashinasi asosiy yo‘lakdan pastga tushayotgan payt boshqaruvni yo‘qotgan va tashqi devorga urilgan. Wilbur Shaw belidan jarohat olgan va bir necha daqiqa harakatsiz qolgan. Yoqilg‘i to‘kilishiga qaramay, yonmagan va Shaw xodimlar tomonidan xavfsiz joyga oʻtkazilgan[3].
↑ 1,01,1Fox, Jack C.. The Illustrated History of the Indianapolis 500 1911-1994, 4th (en), Carl Hungness Publishing, 1994 — 22 bet. ISBN 0-915088-05-3.