Yangi Namangan tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yangi Namangan tumani



tuman
Tarkibida Namangan shahri
Asos solingan sanasi 2021-yil 24-aprel
Hokim Jobir Abdullayev (tumanning birinchi hokimi)[1]
Rasmiy tillar Oʻzbek
Aholi ([[2023-yil 1-yanvar]]) 157600
Dinlar tarkibi musulmonlar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Avtomobil raqami kodi 50
Xaritada

Yangi Namangan tumaniNamangan viloyati Namangan shahridagi tuman. 2021-yil 24-aprelda tashkil etilgan. Namangan shahri tarkibida. Maydoni 60 km2. Aholisi 157,6 ming kishi (2023-yil 1-yanvar). Tumanda 28 ta mahalla fuqarolar yigʻini bor. Shahar tarkibidagi tuman boʻlganligi sababli alohida maʼmuriy markazi mavjud emas.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 18-19 fevral. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 18-19 fevral kunlari Namangan viloyatiga tashrifi davomida Namangan shahri hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida shahar tarkibida Yangi Namangan tumanini tashkil etish taklifini ilgari surdi[2].

2021-yil 5-mart. Xalq deputatlari Namangan viloyati kengashining 2021-yil 5-mart kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi sessiyasida Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumani tashkil etilishi masalasi muhokama qilindi[2].

2021-yil 19-aprel. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 19-aprel kunidagi navbatdagi majlisida parlament deputatlari Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumanini tashkil etish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqdi va 873-IV-sonli qaror qabul qildi[3].

2021-yil 24-aprel. Senatorlar SQ-283-IV sonli qaror bilan Yangi Namangan tumanini tashkil etishni maʼqulladi[3].

2021-yil 8-may. Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 8-may kuni „Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumanini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi 293-sonli qarori qabul qilindi[3]. Qarorga muvofiq, Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumani hokimligi tashkil etildi. Hujjatda tumanda qoʻshimcha shtat birliklari ajratilgan holda adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazi va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tashkil etilishi qayd etilgan[3].

Tuman hokimligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vazirlar Mahkamasining 293-sonli qarorida yangi tuman hokimligi Namangan shahri, “Oromgoh” mahallasi, Afrosiyob ko‘chasi, 25b-uy manzilida joylashgan sobiq “Namangan-2 xizmat ko‘rsatish kolleji” binosida boʻlishi koʻzda tutilgan. Ushbu qarorda tuman hokimligida 20 ta shtat birligi tashkil etilishi aytib oʻtilgan[3].

2021-yil 29-aprelda Jobir Abdullayev Yangi Namangan tumani hokimi etib tayinlandi[1].

Mahallalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlabki loyihada yangi tashkil etilayotgan tumanning umumiy yer maydoni 8223 gektarni tashkil etadi. Tarkibiga shahardagi 24 ta — “Mingterak”, “Bunyodkor”, “Mustaqillikning 5 yilligi”, “Axsikent”, “Mashrab”, “Ma’naviyat”, “Furqat”, “Guliston”, “Beruniy”, “Mingchinor”, “Tinchlik”, “Yoshlik”, “Oromgoh”, “Atangan guzar”, “Yangi zamin”, “Mehnatobod”, “Sihatgoh”, “Go‘zal”, “Chamanzor”, “Ishonch”, “Sherbuloq”, “Kelajak tongi”, “Sohil” va “Istiqbol” mahallalari hududini o‘tkazish ko‘zda tutilgan[4].

2023-yil 1-yanvardan boshlab Statistika agentligi maʼlumotlarida Yangi Namangan tumani demografiyasi, hududi, sanoat koʻrsatkichlari va boshqa statistik maʼlumotlari aks eta boshlagan. Statistika agentligiga koʻra, Yangi Namangan tumani hududi 60 km2ni tashkil etadi[5]. Tuman hududida 28 ta mahalla mavjud[5]. Bu yerda 157,6 ming kishi istiqomat qiladi[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Yangi Namangan tumaniga hokim tayinlandi“. xs.uz. Xalq soʻzi (2021-yil 29-aprel). Qaraldi: 14-iyun 2023-yil.[sayt ishlamaydi]
  2. 2,0 2,1 „Yangi Namangan tumani tashkil etiladi“. xs.uz. Xalq so'zi (2021-yil 19-aprel). Qaraldi: 14-iyun 2023-yil.[sayt ishlamaydi]
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 „Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumanini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi qarori“. lex.uz. Qaraldi: 14-iyun 2023-yil.
  4. „Namangan shahri tarkibida yana bir tuman tashkil etiladi“. Namangan.uz. Qaraldi: 14-iyun 2023-yil.
  5. 5,0 5,1 „Namangan viloyatining ma`muriy-hududiy bo`linishi“. namstat.uz. Statistika agentligi Namangan viloyati boshqarmasi. Qaraldi: 14-iyun 2023-yil. [sayt ishlamaydi]
  6. „Hududlar bo`yicha shahar va qishloq aholisi soni“. namstat.uz. Statistika agentligi Namangan viloyati boshqarmasi. Qaraldi: 14-iyun 2023-yil. [sayt ishlamaydi]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]