Sirdaryo viloyati
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
|
||||
|---|---|---|---|---|
| Markaz | Guliston | |||
| Eng yirik shaharlar | Guliston Sirdaryo Yangier |
|||
| Maydon - Butun |
O`zR: 11- o`rinda 5,100 km² |
|||
| Aholi - Butun |
O`zR: 12- o`rinda 648,100 |
|||
| ISO Qisqartmasi | UZ-SI | |||
| Avtomobil Nomeri | 12 | |||
| Viloyat taomi | ? | |||
Sirdaryo viloyati Sirdaryoning Farg`ona vodiysidan chiqish joyida, uning sohilida joylashgan. Sirdaryo viloyati shimolda Qozog`iston, sharqda Toshkent viloyati, janubda Tojikiston va g`arbda Jizzax viloyati bilan chegaradosh.
Viloyat rel'efi past-balandliklardan iborat bo`lib, shimoldan shimoli-g`arb tomon pasayib boradi. Shimoliy qismida balandligi 230 metrgacha, markaziy qismida 400-450 metr, janub va janubi-g`arbiy qismida 600-650 metrgacha bo`lgan tepaliklar bor.
Sirdaryo viloyati juda kichik maydonni egallaydi (5,1 ming km2). Bu jihatdan u viloyatlar orasida oxirgi o`rinlardan birini, ya'ni Andijon viloyatidan oldingi o`rinni egallaydi. Aholining soni bo`yicha viloyat eng oxirgi o`rinda (683,6 ming kishi, 2006). Aholisining qariyb 70 foizi qishloq joylarda yashaydi.
Sirdaryo viloyatida 9 qishloq tumanlari (Boyovut, Guliston, Mehnatobod, Mirzaobod, Oqoltin, Sayxonobod, Sirdaryo, Xovos, Sharof Rashidov) mavjud. Shaharlarning soni beshtagina: Guliston, Baxt, Sirdaryo, Shirin, Yangiyer. Guliston shahri viloyatning ma'muriy markazi bo`lib, u aholi soni jihatidan respublika viloyat markazlari orasida eng kichigi hisoblanadi.