Fotiha surasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fotixa
Sura1.pdf
Sura nozil boʻlgan makon: Makka
Maʼnosi: Ochuvchi
Boshqa maʼnosi: Ummul Qur'on
vahiy boʻlgan vaqti: vaqt
Sura raqami: 1
oyatlar soni: 7
Pora: 1
Soʻzlar soni: 29
Harflar soni: 139
Avvalgi sura: -
Keyingi sura: Baqara surasi

Fotiha surasi (arab. سورة الفاتحة‎‎ suratul fotiha) Qur’on nusxalarida Makkada nozil qilingan deb kelinayotgan boʻlsada, tafsir va hadislarda u Madinada ham takroran nozil qilingan, deyiladi. Shuning uchun ham bu suraning nomlaridan biri — „Sab’ul-masoniy“, yaʼni „ikki bor nozil qilingan yetti oyat“ demakdir.

Suraning oʻnga yaqin nomlari boʻlib, ulardan eng mashhuri „Fotiha“, yaʼni, „ochuvchi“ — suralarning joylashishi boʻyicha avvalida qoʻyilgani uchun unga shu nom berilgan. „Al-Hamdu“ soʻzi bilan boshlangani uchun bu nom bilan ham ataladi. Islom dini mafkurasi va ahkomlarini muxtasar shaklda oʻzida mujassam etgani uchun „Ummul-Qur’on“, yaʼni „Qur’onning onasi“ nomi berilgan. Mazkur yetti oyatni sharhlab baʼzi mufassirlar bir necha jildlik asar yozib qoldirganlar.

„Bismillohir Rahmonir Rahim“ oyati „Fotiha“ surasining tarkibiga kiradimi yoki u keyin qoʻshib qoʻyilganmi degan masalada mujtahidlarning baʼzilari uni shu suradan deb sanaganlar. Boshqalar esa Qur’ondagi 113 ta sura boshlanishidagi hamma „Bismilloh“lar ham suralarining tarkibiy qismidan emas, balki ularni bir-biridan ajratib turuvchi — fosila sifatida joylashtirilgan, deganlar. „Bismilloh“ oyati faqat bir joyda — Naml surasining 30- oyatida kelgan, deb taʼkidlaydilar.

Abu Hanifa (Imom Aʼzam) ham shu fikrda boʻlganlar. Shuning uchun Hanafiy mazhabiga mansub xattot va noshirlar tomonidan koʻchirilgan va chop etilgan Qur’on nusxalarida, xususan Turkiya va Pokistonda nashr etilgan nusxalarda „Fotiha“ surasining boshida kelgan „Bismilloh“ga raqam qoʻyilmaydi. Arab dunyosida chiqadigan Qur’onlarda esa unga birinchi raqam, „Fotiha“ surasining birinchi oyatiga esa 2 raqamini qoʻyadilar.

Fotiha surasining nomlari[tahrir]

  • Fotihatul kitob — Qurʻonni ochuvchi.
  • Ummul Qurʻon — Qurʻonning onasi.
  • Sabʻul Masoniy — yetti takrorlanuvchi oyat yoki yetti oyatdan iborat ikki marta nozil qilingan sura.
  • Suratul solat — Namoz surasi.
  • Suratul hamd — hamd surasi.
  • Al-Qurʻonul aziym — Ulugʻ Qurʻon
  • Shifo
  • Ruqya — dam olish
  • Asos — Asl manba
  • Kanz — xazina

Manbalar[tahrir]

Avvalgisi:
Nos surasi
Wikisource-logo.svg Sura matni: Fotiha surasi Keyingisi:
Baqara surasi
Qur'on suralari:

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114