Hijr surasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hijr
Sura15.pdf
Sura nozil boʻlgan makon: Madina
Maʼnosi: Hijr
vahiy boʻlgan vaqti: vaqt
Sura raqami: 15
oyatlar soni: 99
Pora: 14
Soʻzlar soni: 958
Harflar soni: 2797
Avvalgi sura: Ibrohim surasi
Keyingi sura: Nahl surasi

Hijr surasi (arab. سورة الحجر‎‎‎‎‎‎‎, Hijr) — — Qur'oni Karimning o'n beshinchi surasi. Madinada nozil bo'lga 99 oyatdan iborat.

Asosiy ma'nosi[tahrir]

Bu suraning mehvari — o‘qi turli asrlardagi payg‘ambarlarni yolg‘onchi qilib, ularga qarshi chiqqan osiylarning hammasi halokatga uchraganlari atrofida aylanadi. Shu boisdan sura bunday kimsalarga iymonsizliklarining oqibati xatarli ekanligi haqida tanbeh berish bilan boshlanadi.

Bu surada burjlarga bo‘lingan osmon, hayot kechirish unun moslab yaratilgan zamin, ma’dan-xazinalarni o‘z bag‘riga olib o‘rnashgan tog‘lar, yomg‘irli bulutlarga «homilador» bo‘lgan shamollar zikr qilinib, bularning barchasi Haq taolo tarafidan insonga xizmat qilish uchun yaratilgani uqtiriladi. So‘ngra Yaratganning amri bilan asli zuvalasi «qora loy»dan qorilgan insonga butun mavjudot sajda qilganida faqat Iblisgina bu farmonga bo‘yinsunmay kibr-havo qilganini bayon qilish bilan shaytonning insoniyatga nisbatan bo‘lgan adovati to qiyomatgacha davom etishiga ishora qilinadi. Yana bu surada Allohning payg‘ambarlari — Ibrohim, Lut, Shu’ayb va Solih alayhis-salomlarning qissalari so‘ylanadi. Bulardan Solih payg‘ambarning qavmlari — Samud qabilasi Hijr (Madina va Shom o‘rtasidagi vodiy)dan ekanligi zikr qilinib, mazkur suraniig «Hijr» deb nomlanishining boisi shudir.

Manbalar[tahrir]

HIJR SURASI

Avvalgisi:
Ibrohim surasi
Wikisource-logo.svg Sura matni: Hijr surasi Keyingisi:
Nahl surasi
Qur'on suralari:

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114