Hud surasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hud
Sura11.pdf
Sura nozil bo'lgan makon: Makka
Ma'nosi: Hud
vahiy bo'lgan vaqti: vaqt
Sura raqami: 11
oyatlar soni: 123
Pora: 11-12
So'zlar soni: 1947
Harflar soni: 7633
Avvalgi sura: Yunus surasi
Keyingi sura: Yusuf surasi

Hud surasi (arab. سورة هود‎‎‎‎, Hud) — — Qur'oni Karimning o'n birinchi surasi. Makkada nozil bo'lga 123 oyatdan iborat.

Asosiy mazmuni[tahrir]

Bu surada ham yolg‘iz Allohga, u zot yuborgan payg‘ambarlarga va ular keltirgan dinlarning haq ekaniga iymon keltirish, qiyomat kunida qayta tirilib, bu dunyoda qilib o‘tgan barcha yaxshi-yomon amallariga yarasha mukofot-jazo olishga ishonish islomiy aqidaning mohiyat-haqiqati ekani borasida so‘zlanadi. Bu surada Nuh, Hud, Solih, Lut, Shu’ayb, Muso va boshqa payg‘ambarlarning qissalari ancha mufassal hikoya qilinadiki, bundan murod birinchidan, barcha mo‘minlarga ilgari o‘tgan payg‘ambarlar va ularni yolg‘onchi qilishlari sababli halokatga uchragan qavmlar haqida ma’lumot berish bo‘lsa, ikkinchidan, yaqinda ikki aziz kishisidan — amakisiAbu Tolib hamda jufti haloli Hadichadan ajralib qolgan va mudom Makka mushriklari tomonidan ozor-aziyatlarga ro‘baro‘ bo‘layotgan Muhammad alayhissalomga o‘tmishdoshlarining hayotlari va ularning Haqqa da’vat qilish yo‘lida chekkan mashaqqatlarini bayon qilish bilan taskin- tasalli berishdir.

Bu sura Qur’oni Karimning aybu nuqsonlardan pok va nazmu mag‘ziga hech qachon, hech kim tomonidan xalal yetmaydigan ilohiy Kitob ekanini ta’riflash bilan boshlanib, Alloh taoloning bandalariga payg‘ambarlar yuborishdan ko‘zlagan hikmatini bayon etish bilan tugallanadi. Bu sura Alloh taolo tomonidan Od Qavmiga yuborilgan Hud payg‘ambar nomi bilan atalgandir.

Manbalar[tahrir]

HUD SURASI

Avvalgisi:
Yunus surasi
Wikisource-logo.svg Sura matni: Hud surasi Keyingisi:
Yusuf surasi
Qur'on suralari:

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114

}