Tarovih namozi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tarovih namozi (arab. تراويح‎‎ - xordiq chiqarish, tin olish), Tahajjud (arab. تهجُّد‎‎), Qiyom al-Layl (arab. قيام الليل‎‎ — tungi qiyomda turish)- Ramazon oyi davomida kechalari oʻqiladigan namoz.

Tarovih namozini o‘qish musulmon erkak va ayolga sunnati muakkadadir. Tarovih namozi ramazon oyida xufton namozidan so‘ng, vitr namozidan oldin o‘qiladi. Tarovih yigirma rakatdir. Har ikki rakatdan so‘ng salom beriladi. Har ikki salomdan so‘ng, ya'ni to‘rt rakatdan keyin va vitr namozi bilan tarovih namozining oxirgi salomi o‘rtasida bir oz orom olinadi. Bu mustahabdir. Bu vaqtda tasbeh aytish yo qiroat qilish yoki tek o‘tirish mumkin.

Tarovih namozini jamoat bilan o‘qish musulmon erkaklarga sunnati kifoyadir. Tarovih namozining bir necha qismiga kechikib jamoatga qo‘shilgan kishi vitr namozini jamoat bilan o‘qigach, tarovehning qolgan rakatlarini o‘zi o‘qib oladi.

Turib o‘qishga qodir kishi taroveh namozini o‘tirib o‘qishi makruhdir. Shuningdek, imom ruku'ga borguncha unga iqtido qilmay, kutib turish ham makruh bo‘ladi. Taroveh namozini tez o‘qish niyatida shoshib qiroat qilinmaydi, ta'avvuz, tasmiya, salovot, qavma va jalsa tark etilmaydi.

Manbalar[tahrir]

Taroveh qanday ado etiladi?