Sura

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fotiha surasi, Qur'oni Karimning birinchi surasi

Sura(arab. سورة‎‎ - tizma, qator, qoʻrgʻon, manzil va sharaf maʻnosida) - faqat Qurʻonga. xos tushuncha, uning boʻlimlari Sura deyiladi, uni shartli ravishda bob bilan taqqoslash

Sura (arab. — tizma, qator) — faqat Qurʼonga xos tushuncha. Qurʼonning boʻlimlari S. deyiladi, uni shartli ravishda bob bilan taqqoslash mumkin. Qurʼonda 114 ta S. boʻlib, har birining oʻz nomi bor. Baʼzi S.larning nomi S.ning boshida kelgan soʻzdan olingan. Baʼzilariniki esa, oʻsha S.da zikri koʻproq kelgan narsalar, vokealar, jumla yoki asosiy qahramon nomiga qoʻyilgan. Eng uzun S. 286 oyatdan, eng qisqasi 3 oyatdan iborat. Hijradan oldin nozil boʻlgan S.lar — "Makka S.lari", hijradan keyin nozil boʻlganlari "Madina S.lari" deyiladi.

mumkin. Ulamolar istilohida esa, Sura - Qurʻon oyatlarining boshlanish va tugashi belgilangan mustaqil toifasidir. Boshqacha qilib aytganda, Qurʻon oyatlarining qoʻrgʻon ila oʻralgandek bir toifasiga Sura, deyiladi. Qurʻon Suralardan iboratdir, sura Qurʻonning bir boʻlaga boʻlib, uch yoki undan koʻp oyatni oʻz ichiga oladi. Qurʻonda 114 ta Sura boʻlib, ulardan har birining oʻz nomi bor. Baʻzi Slarning ismi Suraning avvalidagi soʻzdan olingan. Baʻzilariniki esa, oʻsha Surada zikri koʻproq kelgan narsalarning nomiga qoʻyilgan. Qurʻoni karimdagi eng qisqa Sura Kavsar surasi boʻlib, uch oyatdan, eng uzun sura Baqara surasi boʻlib, 286 oyatdan iboratdir. Qurʻon suralari ikki qismga boʻlinadi: 1. Hijratdan oldin tushgan suralar - "Makka suralari" (Makkada tushgan) deyiladi. 2. Hijratdan keyin tushgan suralar - "Madina suralari" (Madinada tushgan) deyiladi.