Josiya surasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ahqof    45–sura   Duxon
Josiya surasi — سورة الجاثية
Qurʼon nusxalaridan biridagi Josiya surasi sarlavhasi. Yuqorida oʻngdan: 1. Oyati 37, 2. Markazda qizil rangda sura tartib raqami 45, qora rangda - Josiya surasi va Makkiy, qizil rangda nozil boʻlgan tartibi - 65, 3. Rukuʼsi soni - 4; Pastda oʻngdan: 1. Sura:Makkiy, 2. Tilovat tartibi:45, 3. Nozil boʻlish tartibi:65, 4. Rukuʼsi:4, 5. Oyati:37, 6. Porasi (Juzi):25 deb koʻrsatilgan.

Suraning arabcha matni
Nomining maʼnosi Tiz cho‘kuvchilar[1][2]
Tasnifi Makkiy sura[3]
Statistika
Sahifasi 499–502[4]
Juz 25
Sura raqami 45
Oyatlar soni 37
Sajda oyati yoʻq
Rukuʼlar soni 4[5]
Muqattaot harflari Ha, mim.[6]
Nozil boʻlish tartibi 65[7]

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari QuranAcademy.org
quran.uzda
Tilovat tartibi
Ahqof surasi  Keyingisi 45 Oldingisi  Duxon surasi
Nozil boʻlish tartibi
Ahqof surasi   Keyingisi 65 Oldingisi  Duxon surasi
                                   

Josiya surasi (arabcha: سورة الجاثية, nomining maʼnosi — Tiz cho‘kuvchilar[8][9]) — Qurʼonning 45-surasi. Makkiy suralardan biri, 37 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 499–502[10]-sahifasida va 25-juzida joylashgan. 65-boʻlib nozil boʻlgan.

„Josiya“ soʻzi „tiz choʻkuvchi“ degan maʼnoni bildiradi. Ushbu suradagi qiyomat kuni vasfiga oid oyatlardan birida: „har bir ummatni tiz choʻkuvchi holida koʻrasan“ deyiladi. Oʻsha oyatdagi „josiya“ kalimasi suraga nom boʻlib qolgan.

Dastlabki oyatlaridanoq osmonlar va yerdagi har bir narsa va voqea-hodisada yagona Yaratguvchining borligiga dalolat qiladigan alomatlar mavjud ekanligini uqtiradigan bu surada ham soʻz asosan iymon-eʼtiqod ustida boradi.

Bu surada yana Bani Isroil qavmiga Tangri taolo tomonidan ato etilgan noz-neʼmatlar va imtiyoz fazilatlarga ular noshukurlik qilganliklari haqida va umuman havoyi nafslarini „xudo“ qilib olgan kimsalar va ularning topajak oqibatlari xususida xabarlar beriladi.

Sura nihoyasida Qiyomat kunida roʻy beradigan ahvol tasvirlanadi va u Kunda har bir ummat tiz choʻkkan holda Alloh tarafidan boʻladigan hukmga koʻz tutib turish bayon etiladi. Suraning „Josiya — Tiz choʻkuvchilar“, deb atalishining sababi shudir.[11]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Josiya surasi youtube.comda

Keyingisi: Ahqof surasi 45-sura — arabcha matni Oldingisi: Duxon surasi