Aʼrof surasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
A'rof
Sura7.pdf
Sura nozil boʻlgan makon: Makka
Maʼnosi: Jannat va do'zax orasidagi devor
vahiy boʻlgan vaqti: vaqt
Sura raqami: 7
oyatlar soni: 206
Pora: 8-9
Soʻzlar soni: 3344
Harflar soni: 14071
Avvalgi sura: An'om surasi
Keyingi sura: Anfol surasi

Aʼrof surasi (arab. سورة الأعراف‎‎,‎‎, Jannat va doʻzax orasidagi devor) — Qur’oni Karimning yettinchi surasi. Makkada nozil boʻlgan, 206 oyatdan iborat.

U payg‘ambarlar haqida batafsil hikoya qilgan birinchi suradir, Unda Nuh, Hud, Solih, Lut, Shuayb va Muso payg‘ambarlarning qissalari so‘zlanadi. Avvalo shayx ul-anbiyo — payg‘ambarlar oqsoqoli Nuh qissasi hikoya qilinib, u zotga o‘z qavmlari tarafidan bo‘lgan qaysarlik va isyonlar natijasida ularning to‘fon balosiga giriftor etilganliklari eslatib o‘tiladi. Bu surada payg‘ambarlardan, xususan, Muso alayhis-salomning qissalari batafsil zikr qilinib, u zot bilan zolim Fir’avn o‘rtasida bo‘lib o‘tgan mojarolarga to‘xtab o‘tiladi va bani Isroilga berilgan noz-neʼmatlar, Allohning amr-farmonlaridan bosh tortganlaridan keyin esa boshlariga tushgan balo-musibatlar hikoya qilinadi.

Bu surada ham boshqa Makka suralarida bo‘lgani kabi so‘z islomning asosi — mohiyati bo‘lmish Allohning birligi, tirilish va jazo haq ekani hamda vahiy va payg‘ambarlik haqiqati ustida boradi. Suraning avvalida Muhammad alayhis-salomga tushgan mo‘‘jiza — Qur’on haqida so‘zlanib, u butun insoniyat unun buyuk ilohiy neʼmat ekanligi, binobarin, dunyo va oxirat saodatiga erishish uchun uning yo‘l-yo‘riq va pand-nasihatlariga amal qilib borish lozimligi uqtiriladi.

Yana bu surada Alloh bergan ilmni mol-dunyo topish uchun birovlarga ziyon yetkazish yo‘lida su’iisteʼmol qilgan olimlar qattiq qoralanib, ular tillari osilib, hansirab turadigan itlarga o‘xshatiladi. Va nihoyat, bu surada qiyomat kunidagi holat tasvirlanadi. U kuni kishilar uch toifaga bo‘linadilar: hayotlarini iymon va yaxshi amallar bilan o‘tkazgan kishilar ahli jannat, kofirlik va o‘zlariga ham, o‘zgalarga ham yomonlik qilish bilan o‘tgan kimsalar do‘zax egalari bo‘ladilar; qilgan yaxshiliklari bilan yomonliklari barobar kimsalar esa „Aʼrof“ egalari bo‘ladilar. Aʼrof — jannat bilan do‘zax o‘rtasini ajratib turadigan devor bo‘lib, uchinchi toifaga mansub odamlar uning ustida Alloh o‘zlarini jannatgami yoki do‘zaxgami hukm qilishini kutib turadilar. Bu surada mana shu holatning tasviri o‘z ifodasini topgani uchun „Aʼrof“ deb atalgan.

Manbalar[tahrir]

Aʼrof surasi

Avvalgisi:
An'om surasi
Wikisource-logo.svg Sura matni: Aʼrof surasi Keyingisi:
Anfol surasi
Qur'on suralari:

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114