Tavba surasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tavba
Sura9.pdf
Sura nozil boʻlgan makon: Makka
Maʼnosi: Tavba
vahiy boʻlgan vaqti: vaqt
Sura raqami: 9
oyatlar soni: 129
Pora: 10-11
Soʻzlar soni: 2506
Harflar soni: 10873
Avvalgi sura: Anfol surasi
Keyingi sura: Yunus surasi

Tavba surasi (arab. سورة التوبة‎‎, Tavba) — — Qur'oni Karimning to'qqizinchi surasi. Madinada nozil bo'lga 129 oyatdan iborat.

Asosiy ma'nosi[tahrir]

Ushbu surada payg‘ambar alayhis-salom sahobalar bilan Tabuk jangidan qaytayotganlarida nozil bo‘la boshlagan. (TabukMadina bilan Damashq orasidagi haj yo‘li ustida joylashgan vohadir. Hijriy to‘qqizinchi yilda u yerda musulmonlar bilan mushriklar o‘rtasida jang bo‘lgan edi). Bu surada shariati islomiyyaning ko‘pgina qonun-qoidalarini bayon qilish bilan birga, asosan, ikki maqsad ko‘zda tutiladi: ulardan birinchisi: Islomning mushriklar va ahli kitoblar bilan qanday munosabatda bo‘lish lozimligi xususidagi qat’iy hukmini bildirish bo‘lsa, ikkinchisi: Payg‘ambar alayhis-salom g‘azotga chiqishga chaqirgan paytlarida kishilar ruhiyatidagi holatlarni ko‘rsatishdir.

Bu suraning ayricha xususiyatlaridan biri shuki, Qur’ondagi mavjud bir yuz o‘n to‘rt suraning ichida yolg‘iz mana shu sura avvalida «Bismilloh» aytilmasdan boshlanadi. Bu holni ayrim sahobalar Tavbamazmun-mohiyati jihatidan o‘zidan avvalgi Anfol surasining davomi bo‘lgani uchun ikkisining o‘rtasini ajratish zarurati bo‘lmagan, deb sharhlasalar, boshqa bir guruh sahobalar: «Bismilloh Allohning rahmatidir. Bu surada esa, asosan, jangu jadallar va Allohning la’natiga giriftor bo‘lgan munofiqlarning xilma-xil toifalari haqida so‘z yuritiladi. Shu boisdan, uning avvalidagi “Bismilloh” aytilmasligi lozim bo‘lgan», deganlar. Bu suraning bir necha nomi bo‘lib, ulardan eng mashhuri «Tavba»dir. So‘ra nihoyasida Alloh mo‘minlarning tavbalarini qabul etishi e’lon qilingani uchun ham bu sura «Tavba» nomi bilan atalgandir.

Manbalar[tahrir]

TAVBA SURASI

Avvalgisi:
Anfol surasi
Wikisource-logo.svg Sura matni: Tavba surasi Keyingisi:
Yunus surasi
Qur'on suralari:

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114