Oli Imron surasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oli Imron
Sura3.pdf
Sura nozil bo'lgan makon: Madina
Ma'nosi: Imronning xonadon
Sura raqami: 3
oyatlar soni: 200
Pora: 1
So'zlar soni: 3 530
Harflar soni: 14 605
Avvalgi sura: Baqara surasi
Keyingi sura: Niso surasi

Oli Imron surasi (arab. آل عمران‎‎, Imronning xonadoni) — Qur'oni Karimning uchinchi surasi. Madinada nozil bo'lgan 200 oyatdan iborat.

Asosiy mavzusi[tahrir]

Ushbu surada Madina shahridagi musulmon jamoatning hijratning ikkinchi yilida bo‘lib o‘tgan Badr jangi bilan uchinchi yilidagi Uhud jangi mobaynidagi va undan keyingi davrdagi hayotidan jonli lavhalar tasvirlanadi hamda bu voqealarga munosabat bildirilib, hukmlar bayon qilinadi.

"Oli Imron"da dinning asoslaridan bo‘lgan ikki narsa batafsil yoritiladi: birinchisi — aqida va Allohning birligiga aloqador dalilu hujjatlar; ikkinchisi — shariat qonunlari va xususan, Alloh yo‘lidagi kurash — jihodga taalluqli amru farmonlar.

Agar «Baqara» surasida ahli kitoblarning yahudiy qavmi va ularning kirdikorlari haqida so‘z ketgan bo‘lsa, “Oli Imron”da ahli kitoblardan bo‘lgan nasroniylar to‘g‘risida so‘z boradi va ularning Iyso alayhis-salomni xudo deb e’tiqod qilishlari xato ekanligi ochiq-ravshan dalillar orqali batafsil yoritiladi. Shuningdek, ularning ichida Qur’on va Muhammad alayhis-salomning payg‘ambarliklarini inkor qiluvchilar ham borligi ayti-lib, bunday munkirlarga aniq xujjatlar bilan javob qilipadi.

Bulardan tashqari, ushbu surada shariatning yana boshqa ko‘pdan-ko‘p ahkomlariga asos bo‘lgan oyatlar x,am bor. Bu surada Maryamning otasi bo‘lmish Imron va uning ahli oilasi haqidagi qissa zikr qilingani uchun «Oli imron» — «Imronning xonadoni» deb nomlangan.

Islomdan boshqa dinlar haqida[tahrir]

Kimda-kim Islomdan o‘zga din istasa, bas (uning «dini» Alloh huzurida) hargiz qabul qilinmaydi va u oxiratda ziyon ko‘rguvchilardandir. (85)

Eslatma[tahrir]

Adabiyotlar[tahrir]

Manbalar[tahrir]

Oli Imron surasi

Avvalgisi:
Baqara surasi
Wikisource-logo.svg Sura matni: Oli Imron surasi Keyingisi:
Niso surasi
Qur'on suralari:

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114