Toha surasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Asosiy mavzusi[tahrir]

Bu sura Muhammad alayhis-salomga xitob qilish bilan boshlanib, u zotga bor mavjudotning Hojasi tomonidan ingan Quroni Karimning Allohdan qoʻrqadigan kishilar uchun bir pand-nasihat ekani va Yaratganning eng maxfiy narsalardan ham ogoh boʻlgan zot ekanligi bayon qilinadi. Bu surada Alloh taolo Oʻzining soʻnggi paygʻambariga undan avval oʻtgan salaflari uchun ham Haq yoʻliga daʻvat qilish oson boʻlmaganini eslatib, suraning asosini tashkil etadigan Muso va Horun paygʻambarlarning qissasini batafsil bayon qiladi. Unda Muso alayhis-salomning qay holatda paygʻambar boʻlganlari va u zotga Tangri taolo tomonidan qanday moʻjizalar ato etilgani; Muso bilan zolim Firʻavn oʻrtasidagi mujodala; Muso bilan sehrgarlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan muboraza-musobaqa; nihoyat Firʻavn va uning lashkarlari qanday halok boʻlganlari va boshqa voqea-hodisalar haqida hikoya qilinadi.

Yana bu surada barcha jonzot hisob-kitob uchun jamlanadigan qiyomat kunida ovozlar ham Rahmonga taʻzim qilishlari va faqat pichirlashlargina quloqqa chalinishi kabi qiyomat manzaralari ham tasvirlab oʻtiladi hamda Haq yoʻlidan toymagan kishilar oʻzlariga vaʻda qilingan jannatlarga kiritilib, kofirlar esa jahannamga tashlanishlari haqida xabar beriladi. Sura paygʻambar alayhis-salomga ayrim ilohiy yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatish bilan nihoyalanadi.

Bu suraning nima sababdan «Toha» deb nomlangani xususida turli rivoyatlar mavjuddir. Ularning aksarisida «Toha» — paygʻambar alayhis-salomning ismlaridan biridir, deyiladi.

Manbalar[tahrir]

TOHA SURASI

Avvalgisi:
Maryam surasi
Wikisource-logo.svg Sura matni: Toha surasi Keyingisi:
Anbiyo surasi
Qur'on suralari:

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114