Isro surasi
| Isro | |
| Sura nozil bo'lgan makon: | Makka |
| Ma'nosi: | Tungi sayr |
| Boshqa ma'nosi: | Bani Isroil |
| vahiy bo'lgan vaqti: | vaqt |
| Sura raqami: | 17 |
| oyatlar soni: | 111 |
| Pora: | 15 |
| So'zlar soni: | 1559 |
| Harflar soni: | 6480 |
| Avvalgi sura: | Nahl surasi |
| Keyingi sura: | Kahf surasi |
Isro surasi (arab. سورة الإسراء,, Tungi sayr) — — Qur'oni Karimning o'n yettinchi surasi. Makkada nozil bo'lga 111 oyatdan iborat.
Asosiy ma'nosi [tahrir]
Bu surada ham boshqa Makka suralarida bo‘lgani kabi e’tiqod, Alloh taoloning yakka-yolg‘izligi, qayta tirilish aniq ma’lumligi borasida so‘z ketsa-da, undagi eng asosiy jihat payg‘ambar Muhammad alayhis-salomning shaxsiyatlari va u zotga Alloh tomonidan ato etilgan mo‘‘jizalar ta’rif-tavsifidir. Bu sura Alloh taolo O’zining so‘nggi payg‘ambariga ko‘rsatgan «sayr» mo‘‘jizasi haqida xabar berish bilan boshlanadi. Shu boisdan, suraning nomi «Al-isro» — «Tungi sayr» deb atalgandir.
Bu surada Bani Isroil qavmi xususida ham so‘z yuritilib, ularning tug‘yon va isyonlari hamda oxirat-oqibat topajak musibatlari haqida xabar beriladi. Shuning uchun ayrim ulamolar uni “Bani Isroil” surasi deb ataydilar.
Bu sura mo‘minlarga yolg‘iz Alloh taologagina ibodat qilishdan keyingi eng zarur amal ota-onaga yaxshilik qilish, ularning huzurida ta’zim-tavozu’ bilan turish, buyurgan ishlarini quloq qoqmay bajarish ekanini uqtiradi. Yana bu surada borliqdagi jonli-jonsiz barcha mavjudot o‘z vujudlari, o‘zaro bog‘lanishlari va bir tartib-intizomga so‘zsiz bo‘yinsunishlari bilan ularni yaratgan ham, boshqarib turgan ham yolg‘iz Alloh taolo ekanligiga dalolat qilib turishi ta’kidlanadi.
Manbalar [tahrir]
| Avvalgisi: Nahl surasi |
Keyingisi: Kahf surasi |
|
| Qur'on suralari: | ||
|
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 |
||