Niso surasi
| Niso | |
| Sura nozil bo'lgan makon: | Madina |
| Ma'nosi: | Ayollar |
| vahiy bo'lgan vaqti: | vaqt |
| Sura raqami: | 4 |
| oyatlar soni: | 176 |
| Pora: | 4-6 |
| So'zlar soni: | 3 712 |
| Harflar soni: | 15 937 |
| Avvalgi sura: | Oli Imron surasi |
| Keyingi sura: | Moida surasi |
Niso surasi (arab. سورة النساء, Ayollar) — Qur’oni Karimning toʻrtinchi surasi. Madinada nozil boʻlgan, 176 oyatdan iborat.
Bu sura ham Madinada nozil bo‘lgan uzun suralardan bo‘lib, bir yuz yetmish olti oyatdan tashkil topgan. U musulmonlarning ichki va tashqi ish faoliyatlariga doir shariat ahkomlari bilan to‘la bir suradir. Unda ayol, uy, oila, davlat, jamiyatga aloqador bo‘lgan muhim masalalarga javob beriladi hamda birovlarning qaramog‘idagi yetim-esirlar va ularning haq-huquqlari to‘g‘risida so‘z boradi. Bu surada shuningdek, meros hukmlari ham batafsil bayon qilindi.
Bulardan tashqari, er-xotin o‘rtasidagi aloqalar — ularning bir-birlari oldidagi huquq va burchlari hamda er oilada boshliq ekani va bu huquqdan u qanday foydalanishi lozimligi haqida yo‘l-yo‘riqlar beriladi. So‘ngra oila doirasidan jamiyat miqyosiga chiqib, jamiyat mustahkam bo‘lishi uchun kishilar o‘rtasida birdamlik va mehr-shafqat, xolislik va bag‘rikenglik barqaror bo‘lishi zarurligi o‘ziga xos uslubda uqtiriladi. Bu surada boshqalardagiga nisbatan ayollarga oid shariat hukmlari ko‘p va batafsil bayon etilganligi sababli unga „Niso“ nomi berilgan.
Manbalar[tahrir]
| Avvalgisi: Oli Imron surasi |
Keyingisi: Moida surasi |
|
| Qur'on suralari: | ||
|
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 |
||