Tahorat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tahorat - islom dinida poklanish jarayoni, namozdan avval bajariladi. Xususiy shakli sifatida tayammum ko`riladi.

Tahorat — namoz oʻqish, ibodat oldidan yuvinish, poklanish. Islomda T.ning ikki turi mavjud: vuzuʼ — kichik tahorat — qoʻloyoq va yuzni yuvish; gʻusul — katta tahorat — toʻla yuvinish, choʻmilish. T.ning 4 ta farzi bor; yuzni yuvmoq; ikki qoʻlni tirsak ila qoʻshib yuvmoq; ikki oyoqni toʻpigʻi ila qoʻshib yuvmoq, boshning toʻrtdan bir qismiga mash tortish — ikki qoʻlni hoʻllab surtmoq. Bu farzlardan birortasi bajarilmasa, T. haqiqiy boʻlmaydi. T.ning farzlaridan boshqa uning sunnat va vojiblari xam boʻladi. T. oladigan har bir kimsa suvni keragidan ortiq ham, oz ham sarf qilmasligi; suvni yuzga shapillatib sochmasligi; T. qilayotganda oʻrinsiz gaplashmasligi; iflos yerda T. olmasligi kerak. T. qilish uchun suv topilmasa tayammum qilinadi. T.i bor kishida quyidagi holatlardan biri yuz bersa T. i buzilgan hisoblanadi: vujudning biron yeridan qon, yiring , suv chiqsa; ogʻzi toʻlib qussa; tupurgan vaqt tupugini yarmidan kupi qon boʻlsa; kichik va katta hojatga borsa va orqadan yel chiqarsa; bexush yoki mast boʻlsa; namoz vaqgida kulsa; uxlasa. T.ni buzadigan holatlar roʻy bersa, T.ni boshqatdan qilish lozim boʻladi.

Jarayon[tahrir]

1. Tahorat uchun suv hozirlaganimizdan keyin:

"بِسْمِ اللهِ" «bismillahi» (Alloh nomi bilan) deb, ikki kaftimizni uch marta yuvamiz.

2. Og'zimizni chayib, burnimizga suv olib, qoqamiz va yuzimizni yuvamiz.

3. Qo'llarimizni tirsaklarimizni ham qo'shib yuvamiz.

4. Boshimizga va quloqlarimizga mash tortamiz.

5. Oyoqlarimizni to'piqlari bilan qo'shib yuvamiz