Belgrad: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 106: Qator 106:


=== Oʻrta asrlar ===
=== Oʻrta asrlar ===
[[File:Panorama i ratna scena zauzimanja Beograda 1521. god.jpg|thumb|upright=1.0|[[Belgrad|Belgradni]] bosib olinishi, [[1521|1521-yil]]. Sulton [[Sulaymon]] (Buyuk) tomonidan [[Belgrad qalʼasi|Belgrad qalʼasi]] qamal qilingan.]]
442-yilda Belgrad hududi Attila boshliq xunlar tomonidan vayron qilingan<ref>{{cite book |first1=Gerard |last1=Friell |first2=Stephen |last2=Williams |title=The Rome that Did Not Fall: The Survival of the East in the Fifth Century |url=https://books.google.com/books?id=tGLN47tfT4UC&pg=PA67 |year=1999 |publisher=Psychology Press |isbn=978-0-415-15403-1 |page=67 |access-date=19 October 2015 |archive-date=10 June 2016 |archive-url=https://web.archive.org/web/20160610173616/https://books.google.com/books?id=tGLN47tfT4UC&pg=PA67 |url-status=live }}</ref>. 471-yilda Italiyaga yurish qilgan ostrogotlar qiroli Buyuk Teodorik tomonidan bosib olingan<ref>{{cite book |author=Roy E. H. Mellor |title=Eastern Europe: a geography of the Comecon countries |url=https://books.google.com/books?id=uUoeAAAAMAAJ |year=1975 |publisher=Macmillan |page=43 |isbn=9780333173114 |access-date=19 October 2015 |archive-date=8 May 2016 |archive-url=https://web.archive.org/web/20160508041945/https://books.google.com/books?id=uUoeAAAAMAAJ |url-status=live }}</ref>.


== Manbalar ==
== Manbalar ==

5-Iyul 2023, 14:02 dagi koʻrinishi

Belgrad

Београд
Beograd
shahar
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
44°49′14″N 20°27′44″E / 44.82056°N 20.46222°E / 44.82056; 20.46222 G OKoordinatalari: 44°49′14″N 20°27′44″E / 44.82056°N 20.46222°E / 44.82056; 20.46222 G O
Mamlakat Serbiya
Mintaqa Bolqon
{{{tuman_turi}}} Belgrad
Hukumat
 • Mer Aleksandr Shapich
Asos solingan Mil.avv. 279-yil
Avvalgi nomlari Singidunum
Maydon 3,599 km2 (1,390 mi²)
Markazi balandligi 117 m
Iqlim turi Nam subtropik iqlim
Rasmiy til(lar)i Serbcha
Aholisi
 (2022)
1 233 796
Zichligi 3207,5 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+1, yozda UTC+2
Telefon kodi 011
Pochta indeks(lar)i 11000
Avtomobil kodi BG
Belgrad xaritada
Belgrad
Belgrad

Belgrad (/ b ɛ l ˈ ɡ r eɪ d / bel- GRAYD; Serbcha: Beograd/Beograd, maʼnosi: „Oq shahar“) — Serbiya poytaxti va eng aholisi zich joylashgan shahri. Sava daryosi Dunayga qoʻshilish joyida, Pannoniya tekisligi va Bolqon yarim orolining kesishgan joyida joylashgan[1]. Dengiz sathidan 117 m balandlikda. 2022-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, poytaxt Belgrad aholisi 1,681,405 kishini tashkil qiladi[2]. Aholi soni boʻyicha Dunay daryosi boʻyidagi uchinchi eng zich shahardir.

Belgrad aholi yashaydigan Yevropadagi va dunyodagi eng qadimiy shaharlardan biridir. Yevropada mil.avv. asrlarda paydo boʻlgan madaniyatlaridan biri Vincha madaniyati Belgrad hududida miloddan avvalgi VI ming yillikda rivojlangan. Antik davrda bu hududda frakiyaliklar — daklar yashagan va mil. avv. 279-yildan keyin keltlar shaharga joylashib, uni Singidun deb atashgan[3].  Imperator Avgust hukmronligi davrida rimliklar tomonidan bosib olingan va II asr oʻrtalariga qadar Rim shahri maqomiga ega boʻlgan[4][5].  Milodiy 520-yillarda hududga slavyanlar koʻchib kela boshlaydi. Shahar Vizantiya imperiyasi, Franklar imperiyasi, Bolgariya imperiyasi va Vengriya qirolliklari oʻrtasida qoʻldan-qoʻlga oʻtgan. 1284-yilda Serbiya qiroli Stefan Dragutin shaharni oʻz qarorgohiga aylantiradi. Stefan Lazarevich hukmronligi va vorisi Djurad Brankovich davrida hudud Vengriya qirolligiga qaytarib berdi. 1456-yilda Usmonli imperiyasiga Vengriyaga hujum qiladi va shahar qamal qilinadi. 1521-yilda Belgrad Usmonlilar tomonidan bosib olinadi va Smederevo sanjagi qarorgohiga aylandi[6]. Tez-tez Usmonli — Gabsburg urushlari paytida shaharning katta qismi vayron boʻlgan va oxir-oqibat Gabsburglar hukmronligi ostiga oʻtdi.

Serb inqilobidan keyin Belgrad 1841-yilda Serbiya poytaxtiga aylandi. Shimoliy Belgrad 1918-yilgacha Gabsburglarning janubdagi posti boʻlib qoldi, chunki sobiq Avstriya-Vengriya hududlari birinchi Jahon urushidan keyin yangi serblar, xorvatlar va slovenlar Qirolligining bir qismiga aylandi. Belgrad tashkil etilgan 1918-yildan to 2006-yilgacha yaʼni Yugoslaviya tarqalib ketgunga qadar uning poytaxti boʻlgan.  Strategik mavqega ega boʻlgan shahar 115 ta urushda qatnashgan, 44 marta vayron qilingan, besh marta bombardimon qilingan va koʻp marta qamalda qolgan[7].

Serbiyaning primat shahri boʻlgan Belgrad mamlakatda maxsus maʼmuriy maqomga ega[8].  Shahar markaziy hukumat, maʼmuriy organlar va hukumat vazirliklarining qarorgohi, shuningdek, deyarli barcha yirik Serbiya kompaniyalari, ommaviy axborot vositalari va ilmiy muassasalarning uyidir. Belgrad beta-global shahar sifatida tasniflanadi[9].  Shaharda dunyodagi eng katta sigʻimga ega shifoxona majmualaridan biri boʻlgan Serbiya klinik markazi, eng katta pravoslav cherkov binolaridan biri boʻlgan Avliyo Sava cherkovi va Yevropadagi eng katta sigʻimli yopiq arenalardan biri Stark Arena joylashgan.

Belgrad 1948-yildagi Belgrad konferensiyasi, Qo'shilmaslik harakatining birinchi sammiti (1961), YXHTning birinchi yirik yig'ilishi (1977–1978), Evrovidenie qo'shiq tanlovi (2008), shuningdek, sport sohasidagi yirik xalqaro tadbirlarga mezbonlik qilgan: FINA suv sporti bo'yicha birinchi Jahon chempionati (1973), UEFA Yevro (1976), Yozgi Universiada (2009) va EuroBasket uch marta (1961, 1975, 2005) kabi tadbirlar. Belgrad shahri 2023-yil 21-iyun kuni “Insoniyat uchun oʻyin – sport va musiqa hamma uchun” mavzusida maydan avgustgacha davom etadigan ixtisoslashtirilgan koʻrgazmada taqdirlandi.

Tarixi

Qadimgi davrlarda

Vincha madaniyati haykalcha, miloddan avvalgi 4500—4000-yillar.

Zemundan topilgan yo'nuvchi tosh qurollari Belgrad atrofidagi hududda paleolit ​​va mezolit davrlarida ko‘chmanchi chorvadorlar yashaganligini ko‘rsatadi. Ushbu asboblardan ba'zilari Mustye davriga oid - hozirgi ko'rinishdagi odamlarga emas, balki neandertallarga tegishli. Hudud yaqinida Orinyak va Gravettian davri ashyolari ham ham topilgan, bu 50 000 — 20 000 yil oldin hududda ba'zi aholi punktlari mavjudligini ko'rsatadi[10].

Belgrad qalʼasi, II—XVIII asrlar davomida qurilgan, Sava va Dunay daryolarining qoʻshilishida joylashgan.

Mintaqada dehqonchilik bilan shug'ullangan odamlarning birinchi aholi punkti Starchevo madaniyatidir. Starchevo madaniyati neolit ​​davri aniqrog'i miloddan avvalgi 6200- va 5200-yillar orasida gullab-yashnagan[11]. Belgrad va uning atrofida bir nechta Starchevoga oid nomlar, jumladan Starchevo nomli hudud mavjud. Starchevo madaniyati o'rnini keyinchalik Vincha madaniyati (miloddan avvalgi 5500–4500) egallaydi. Vincha madaniyati o'zining katta aholi punktlari bilan mashhur, bu yashash punktlari shuningdek, Yevropa eng qadimgi va yirik aholi punktlaridan biridir[12][13][14][15]. Shuningdek, Vincha madaniyati bilan bog'liq bo'lgan antropomorfik haykalchalar Yevropadagi eng qadimgi mis metallurgiyasining namunasidir[16]. Qadimgi Yevropa yozuvi sifatida tanilgan proto-yozuv shakli shumerlar va Minoy sivilizatsiyalaridan oldin kashf etilgan[17]. Shahardagi Chetinjska ko'chasidan 1890-yilda miloddan avvalgi 5000-yilga oid paleolit ​​davri odamining bosh suyagi topilgan[18].

Antik davr

Belgradning geografik joylashuvi haqidagi dastlabki maʼlumotlar turli xil qadimiy afsona va afsonalardan kelib chiqadi. Masalan, Sava va Dunay daryolarining qoʻshilish joyiga qaragan tizma Yason va Argonavtlar hikoyasidagi joylardan biri sifatida belgilangan[19][20]. Antik davrda ham bu hududda Paleo-Bolqon qabilalari, jumladan, Belgrad atrofidagi koʻp hududlarni boshqargan frakiyaliklar va daklar yashagan[21]. Aniqrogʻi, Belgradda bir paytlar frakiyaliklar-daklar vakili Singi yashagan[3]. Miloddan avvalgi 279-yilda keltlar bosqini natijasida Skordiski shaharni frakiya va daklarning avlodlaridan tortib oldi va uni Singidun (d|ūn — „qal’a“) deb nomladi[3]. Miloddan avvalgi 34—33-yillarda Rim qoʻshini Belgradga bostirib keldi. Hudud eramizning I asrida rimlashtirilgan Singidunumga aylandi va II asr oʻrtalariga kelib, shahar Rim hukumati tomonidan munitsipal deb eʼlon qilindi. II sr oxiriga kelib toʻliq koloniyaga (eng yuqori shahar sinfi) aylandi[22]. Rimning birinchi xristian imperatori — Konstantin I (Buyuk Konstantin nomi bilan ham tanilgan)[23] —shaharning janubidagi Neysus hududida tugʻilgan. Rim xristian dunyosi vakili imperator Flaviy Iovianus (Jovian) Singidunumda tugʻilgan[24]. Jovian xristianlikni Rim imperiyasining rasmiy dini sifatida qayta tikladi va oʻzidan oldingi murtad imperator Julian davrida (u xristianlikni rad etib, oʻrniga neoplatonik ellinizmni targʻib qilgan va xristian dunyosida murtad Julian laqabini olgan) anʼanaviy rimcha eʼtiqodlarining qisqa muddat tiklanishiga yakun yasadi. Milodiy 395-yilda bu joy Sharqiy Rim imperiyasi (Vizantiya imperiyasi)ga oʻtgan[25][26].

Oʻrta asrlar

Belgradni bosib olinishi, 1521-yil. Sulton Sulaymon (Buyuk) tomonidan Belgrad qalʼasi qamal qilingan.

442-yilda Belgrad hududi Attila boshliq xunlar tomonidan vayron qilingan[27]. 471-yilda Italiyaga yurish qilgan ostrogotlar qiroli Buyuk Teodorik tomonidan bosib olingan[28].

Manbalar

  1. „Why invest in Belgrade?“. City of Belgrade. 2014-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 11-oktyabr.
  2. „First results of the 2022 Census of Population, Households and Dwellings“. stat.gov.rs. 2022-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-dekabr.
  3. 3,0 3,1 3,2 „Discover Belgrade“. City of Belgrade. 2009-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 5-may.
  4. Belgrade A Cultural History. Oxford University Press, 29 October 2008. ISBN 9780199704521. 
  5. „Jason and the Argonauts sail again“. 2022-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-yanvar.
  6. „The History of Belgrade“. BelgradeNet Travel Guide. 2008-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 5-may.
  7. Nurden, Robert. „Belgrade has risen from the ashes to become the Balkans' party city“ (2009-yil 22-mart). 2009-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 5-may.
  8. „Assembly of the City of Belgrade“. City of Belgrade. 2015-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 10-iyul.
  9. „The World According to GAWC 2012“. GAWC. 2014-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-yanvar.
  10. Saric, J. (2008). "Paleolithic and mesolithic finds from profile of the Zemun loess". Starinar (58): 9–27. doi:10.2298/STA0858009S. 
  11. Chapman, John. Fragmentation in Archaeology: People, Places, and Broken Objects. London: Routledge, 2000 — 236 bet. ISBN 978-0-415-15803-9. 
  12. Chapman, John. The Vinča culture of south-east Europe: Studies in chronology, economy and society (2 vols), BAR International Series. Oxford: BAR, 1981. ISBN 0-86054-139-8. 
  13. „Историjа“ (sr). Сайт Белграда. 2017-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 21-fevral.
  14. Предраг Поповић. „Град на вечном удару. Освајачи и владари Београда“ (sr). «Одбрана» (журнал Министерства обороны Сербии). 2018-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-sentyabr.
  15. Винча. Центар неолитске културе у Подунављу 1990.
  16. Radivojević, M.; Rehren, T.; Pernicka, E.; Šljivar, D. A.; Brauns, M.; Borić, D. A. (2010). "On the origins of extractive metallurgy: New evidence from Europe". Journal of Archaeological Science 37 (11): 2775. doi:10.1016/j.jas.2010.06.012. 
  17. Haarmann, Harald. Geschichte der Schrift (de). C.H. Beck, 2002 — 20 bet. ISBN 978-3-406-47998-4. 
  18. Српска породична енциклопедија, књига 3, Ба-Би. Narodna Knjiga, Politika, 2006 — 116 bet. ISBN 86-331-2732-6. 
  19. Belgrade A Cultural History. Oxford University Press, 29 October 2008. ISBN 9780199704521. 
  20. „Jason and the Argonauts sail again“. 2022-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-yanvar.
  21. „Belgrade Fortress history“. Public Enterprise "Belgrade Fortress". 2011-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 18-yanvar.
  22. Rich, John. The City in Late Antiquity. CRC Press, 1992 — 113 bet. ISBN 978-0-203-13016-2. 
  23. "Constantine I – Britannica Online Encyclopedia". Britannica.com. https://www.britannica.com/eb/article-9109633/Constantine-I. <!--->
  24. „Philologic Results-“. The ARTFL Project. 2007-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 7-iyul.
  25. „History (Ancient Period)“. Beograd.rs. 2012-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 10-iyul.
  26. История Югославии, т. 1 1963.
  27. Friell, Gerard; Williams, Stephen. The Rome that Did Not Fall: The Survival of the East in the Fifth Century. Psychology Press, 1999 — 67 bet. ISBN 978-0-415-15403-1. 
  28. Roy E. H. Mellor. Eastern Europe: a geography of the Comecon countries. Macmillan, 1975 — 43 bet. ISBN 9780333173114. 

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil