Frakiyaliklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Frakiyaliklar — qad.da Bolqon yarim orolning shim. sharqida hamda Kichik Osiyoning shim.gʻarbida yashagan hindevropa guruhiga mansub qabilalar (daklar, getlar, besslar, odrislar, triballar va boshqalar)ning umumiy nomi. Dastlab, F. Adriatika dengizigacha boʻlgan hududni band etgan, lekin miloddan avvalgi taxminan 13-asrda illiriylar tomonidan Sharqqa siqib chiqarilgan. F. dehqonchilik, chorvachilik (asosan, yilqichilik) va kulolchilik bilan shugʻullangan, kon sanoati va metallni qayta ishlash rivojlangan.

Egey va Qora dengizlari boʻylaridagi F. joylashgan hududda 8—7-asrlarda yunonlarning koloniyalari vujudga kelgan. F. Xalslarning buyuk koʻchishi davrida boshqa qabilalar bilan aralashib, hozirgi xalqlar (bolgarlar, ruminlar va boshqalar)ning shakllanishida muhim rol oʻynagan. F. sanʼati (miloddan avvalgi 2ming yillik oxiri — 1ming yillik boshi)ga doir koʻplab nodir obidalar saqlanib qolgan.